2018 yilning eng zo‘r o‘yin, ilova, kitob, film va seriallarini Google e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  3716
  •  04.12.2018 17:39

2018 yilning eng zo‘r o‘yin, ilova, kitob, film va seriallarini Google e’lon qildi

Dunyoda eng keng tarqalgan mobil platforma – Android uchun ishlab chiqilgan dasturlar, shuningdek kitob, kino va seriallar ko‘p. Google Play ular orasidan bu yildagi eng yaxshilarini e’lon qildi.

O‘QING: VPN Lite – iPhone va Android-smartfonlar uchun tezkor, bepul va reklamasiz ilova!

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ularning aksariyati bepul bo‘lib, quyidagi ro‘yxatlarda nomiga joylangan havola orqali yuklab olish imkoniyati mavjud.

«Eng yaxshi o‘yin» nominatsiyasida PUBG Mobile g‘olib bo‘ldi, «Eng yaxshi ilova» sifatida esa xorijiy tillarni o‘rganish dasturi – Drops e’tirof etildi.

Reyting tuzuvchilarga ko‘ra, yilning eng yaxshi ko‘ngilochar ilovalari quyidagilardir:

  • VIMAGE – fotosuratlarga turli effektlar qo‘shuvchi dastur;
  • Neverthink – mobil «televideniye»;
  • No.Draw – bolalar va kattalar uchun bo‘yash o‘yini;
  • TikTok – musiqiy fonli qisqa videolavhalar yaratuvchi ilova;
  • Scout FM – podkastli «radio».

Shaxsiy kamolotga erishish uchun eng yaxshi beshta ilova:

  • Mimo – dasturlashni mustaqil o‘rganish ilovasi;
  • Drops – xorijiy tillarni o‘rganish servisi;
  • 10% Happier – meditatsiya yordamchisi;
  • Keep – uy «trener»i;
  • MasterClass – mashhur shaxslardan kuylash, kulinariya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha darslar.

2018 yilning eng yaxshi musobaqa o‘yinlari esa quyidagilardir:

O‘QING: Mutaxassislar eng xavfli smartfon ilovalarini e’lon qilishdi

Yakuniga yetayotgan yilning eng yaxshi filmlari sifatida «Qora pantera», «Qasoskorlar: Cheksizlik jangi», «Tor: Ragnaryok», «Jumanji: Changalzorga xush kelibsiz» hamda «Dedpul 2» e’tirof etildi.

Eng yaxshi seriallar deb «Yuruvchi marhumlar», «Riverdeyl», «Katta portlash nazariyasi», «Flesh» va «Kuchuklar patruli» e’lon qilindi.

Va nihoyat, 2018 yilning eng yaxshi kitobi sifatida AQSh prezidenti Donald Tramp haqidagi «Olov va Shiddat» asari tan olindi.

O‘QING: Ilovalar bozori: bu yerda ham haqiqiy jang ketmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!