2019 yilning eng omadsiz milliarderlari: Amazon rahbari va boshqalar!

  •   DiMaX
  •  998
  •  23.12.2019 10:44

2019 yilning eng omadsiz milliarderlari: Amazon rahbari va boshqalar!

Bloomberg Billionaires Index avvalroq e’lon qilgan milliarderlar ro‘yxatida Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts birinchi o‘ringa chiqib olgan edi. Pentagon bilan shartnomani u ilib ketgach, Amazon bo‘sh qo‘l bilan qolib, uning aksiyalari deyarli 2 foizga arzonlashgan, rahbari Jeff Bezos sarmoyasi esa 108,7 milliard dollargacha kamaygan.

O‘QING: Pentagon bilan shartnoma tuzib, Bill Geyts yana dunyoning eng boy kishisiga aylandi!

Umuman, Jeff Bezos uchun 2019 yil barakasiz keldi; tag‘in yil yakunida Forbes jurnali uni eng omadsiz milliarderlardan biri, deb atadi! Amazon rahbari o‘tgan yili sayyoraning eng boy va omadli biznesmeni edi, biroq bu yil rafiqasi bilan ajrashganida, uning sarmoyasi 13 milliard dollarga (!) kamaydi. 25 yillik nikohdan so‘ng ajrashgan sobiq rafiqasi nomiga u o‘ziga tegishli Amazon aksiyalarining 25 foizini o‘tkazib bergan. Natijada Makkenzi Bezos sayyoraning eng badavlat xonimiga aylangan, Jeff esa omadsizlar antireytingida yetakchilar qatoriga kirgan...

Forbes versiyasiga ko‘ra eng omadsiz milliarderlar ro‘yxatiga yana quyidagilar kirgan:

  1. Azim Premdji – Hindistonning eng badavlat kishilaridan biri, axborot texnologiyalari sohasidagi Wipro kompaniyasining bosh direktori. Uning hozirgi boyligi 7,2 milliard dollarga teng, 2019 yilda 14,1 milliard dollar yo‘qotgan. Shunisi ham borki, u o‘ziga tegishli naq 7,5 milliard dollarlik Wipro aksiyalarini xayriya ishlariga sarflagan.
  2. Jeff Bezos – Amazon asoschisi va bosh direktori. Hozirgi boyligi – 109,7 milliard dollar, bu yil 13,1 milliard dollaridan ayrilgan.
  3. Subhash Chandra – Hindistondagi Essel mediaxoldingi bosh direktori. Sarmoyasi – 660 million (milliard emas) dollar, 2019 yilgi kamomadi – 3,4 milliard (million emas) dollar. Uning ikkita kompaniyasi aksiyalari 40 foizga arzonlashgan.
  4. Trevis Kalanik – Uber’ning sobiq bosh direktori. Mablag‘i – 2,8 milliard dollar, bu yil yo‘qotgani – 3,1 milliard dollar. Uber aksiyalari uchdan bir qismigacha arzonlashgan, Kalanik esa 2 milliard dollarlik aksiyalarini sotgan va har bir sotganida soliqlarni to‘lagan.
  5. Yan Chji – Zall Smart Commerce Group egasi. Hozirgi sarmoyasi – 2,1 milliard dollar, 2019 yilning o‘zida 3 milliard dollaridan mosuvo bo‘lgan. Yozda uning kompaniyasi daromadlari 74 foizga pasayib ketgach, aksiyalarining narxlari keskin tushgan.

Aytish kerakki, bir yil avval eng omadsiz milliarderlar antireytingida Facebook rahbari Mark Sukerberg yetakchi edi. 2019 yilga kelib u 22,1 milliard dollarga boyigan va hozirda sarmoyasi 72 milliard dollarni tashkil etadi.

O‘QING: Eng qimmat brendlar o‘ntaligi: Facebook nega undan chiqib ketdi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!