2020 yili chiqadigan iPhone 12 videoda: iPhone 4 dizaynli kelajak smartfoni

  •   DiMaX
  •  3133
  •  28.09.2019 13:40

2020 yili chiqadigan iPhone 12 videoda: iPhone 4 dizaynli kelajak smartfoni

Apple korporatsiyasi o‘n ikkinchi avlod ayfonlarini kemtiksiz ekranli, ko‘proq iPhone 4’ni eslatuvchi dizaynda tayyorlayotgani haqida mish-mishlar chiqa boshlagan. Sizib chiqqan xabarlar asosida iPhone 12 modelining render suratlari ham tarqalmoqda.

O‘QING: 12 yillik barcha iPhone’lar narxlarini bitta ro‘yxatda taqqoslaymiz!

Taniqli informator Ben Geskin (Ben Geskin) ko‘pincha kutilayotgan anonslar va hali taqdim etilmagan qurilmalarning renderlarini e’lon qilib keladi. Bugun – 28 sentyabrda u Twitter ijtimoiy tarmog‘iga iPhone 12 renderi aks ettirilgan videoni joyladi:

Geskin shu paytgacha tarqatgan suratlarga ko‘ra, 2020 yilgi ayfon aynan shunday dizaynda bo‘ladi. Unda ekran kemtiksiz bo‘lib, kamera va tegishli datchiklar displeyning yuqori hoshiyasiga joylanadi. Orqa panelda esa bosh kamera jamlanmasida ToF-kamera ham bo‘ladi.

Ayrim kuzatuvchilarga ko‘ra, 2020 yilda Apple foydalanuvchini qiyofasidan tanib oluvchi Face ID funksiyasidan voz kechadi, uning o‘rniga ekranosti Touch ID sensori qo‘llanadi.

Nima bo‘lganda ham, iPhone 12 namoyishiga hali bir yilcha vaqt bor. undan oldingi rusumlardagi turli ayfonlarni esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Barcha modellardagi iPhone 11’larning mustahkamligini o‘zaro hamda Galaxy Note 10+ bilan solishtiramiz! (uchta drop-test videosi)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!