2020 yilning eng, eng, eng... smartfoni namoyish qilindi: «jonli» rasmlar va video!

  •   DiMaX
  •  5841
  •  28.02.2020 17:21

2020 yilning eng, eng, eng... smartfoni namoyish qilindi: «jonli» rasmlar va video!

Keyingi kunlarda Vivo Apex 2020 smartfoni haqida bir qator ma’lumotlar chiqqan va ayrimlarini biz ham e’lon qilganmiz. Nihoyat, xitoylik kompaniya ushbu innovatsion qurilmasini rasman taqdim qildi.

O‘QING: Yashirin selfi-kamerali ilk smartfon atigi 5 daqiqada 50% quvvat oladi!

Avval ham aytilganidek, Vivo Apex 2020 ko‘plab parametrlariga ko‘ra birinchi va rekordchi smartfon bo‘lgan. Birinchidan, u qirralari maksimal – 120 darajada qayrilgan sharshara ekranga ega. Ikkinchidan, u misli ko‘rilmagan – 120 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.

Uchinchidan, simsiz usulda naq 60 vattlik zaryadlana olishi ham hozirgacha boshqa birorta modelda uchramaydi.

To‘rtinchidan, Vivo Apex 2020 shu paytgacha taqdim etilgan smartfonlardagidan boshqacha periskop kameraga ega. Ularda bu kamera ma’lum bir fokus masofasiga ega, boshqa barcha variantlar dasturiy ta’minot asosida amalga oshirilgan. Vivo’ning yangi smartfonidagi yozuvlarga ko‘ra, unda 16 megapiksellik kamera 5 dan to 7,5 karralikkacha zumga ega. Manbaning ta’kidlashicha, unda linzalar tizimi ikkita siljimas va ikkita o‘zgaruvchan linzalar guruhini o‘z ichiga olgan.

Beshinchidan, bosh kameraning asosiy – 4 megapiksellik moduli yana superbarqarorlashtirish tizimiga ham ega.

Oltinchidan, Vivo Apex 2020 old kamerasi displeyning ostiga yashirilgan birinchi smartfon hisoblanadi.

O‘QING: CES 2020: «Yashirin kamera»li ilk smartfonni kutilmagan kompaniya namoyish qildi (+video)

Boshqa texnik xususiyatlariga kelsak, Vivo Apex 2020 diagonaliga 6,45 dyuymlik ekran, Snapdragon 865 protsessori, 12 GB tezkor va 256 GB ichki xotiraga ega.

Mana, uning rasmiy videoroligini birga tomosha qilamiz:

Afsuski, oldingi avlodi –  Vivo APEX 2019 (yoki APEX 2) singari, Apex 2020 ham bozorga chiqarilmaydi. Vivo uni o‘zining texnologik yutuqlarini namoyish etuvchi konsept sifatidagina taqdim qilgan. Biroq undagi texnologiyalarning ayrimlari seriyali tarzda ishlab chiqariladigan Vivo Nex 4 modelida qo‘llanishi mumkin.

O‘QING: «Sayyoramizdagi eng qudratli smartfon» AnTuTu’da salkam 621 000 ball oldi!