2020 yilning eng zo‘r Android-o‘yinlari (Google Play talqini)

  •   DiMaX
  •  14709
  •  01.12.2020 17:14

2020 yilning eng zo‘r Android-o‘yinlari (Google Play talqini)

Google kompaniyasi yil yakuniga bag‘ishlab, Google Play katalogidagi eng yaxshi o‘yinlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2020 yilda Android tizimi uchun Genshin Impact eng zo‘r o‘yin, deb e’tirof etilgan.

O‘QING: Golden Joystick 2020: O‘yinlar olamida naq 25 ta nominatsiya bo‘yicha eng zo‘rlari

«Genshin Impact o‘zining ko‘lamdorligi va g‘ayrati bilan hayron qoldirdi. Personajlar to‘plang va ulkan, batafsil hamda aql bovar qilmas darajadagi chiroyli olamda birga jang qiling. Jang tizimi tezkor va ravon, olishuvlar esa ulug‘vor. Qisqasi, bu – joriy yilda biz o‘ynagan eng yaxshi o‘yindir», deyiladi xulosada.

Genshin Impact o‘yinini mana bu havola orqali yuklab olib, o‘ynab ko‘rishingiz mumkin.

O‘QING: Raqobatchilar tugul, iPhone ustidan hattoki ommabop o‘yin ijodkorlari ham kulishdi!

Google Play versiyasiga ko‘ra, yana turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib o‘yinlar quyidagilardir:

  1. Eng yaxshi musobaqa o‘yini — Brawlhalla
  2. Eng yaxshi indi-o‘yin — Cookies Must Die.
  3. Eng yaxshi kazual o‘yin — Disney Frozen Adventures: Customize the Kingdom.
  4. Yilning eng yaxshi innovatsion o‘yini — Fancade.

Payqaganingizdek, har bir o‘yinning nomiga joylangan havola orqali uni yuklab olish sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: The Game Awards 2020 finalistlari: yilning eng zo‘r o‘yini qaysi bo‘ladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.