22 avgustda taqdim etiladigan Xiaomi Pocophone F1’ni hozirdanoq OLX onlayn bozoridan olish mumkin! (+video)

  •   DiMaX
  •  3512
  •  14.08.2018 10:31

22 avgustda taqdim etiladigan Xiaomi Pocophone F1’ni hozirdanoq OLX onlayn bozoridan olish mumkin! (+video)

Xiaomi kompaniyasi jahon smartfon bozoriga Poco brendini taqdim etayotganini hali yaqinda rasman ma’lum qildi. Ammo shungacha ham uning yangi brend ostidagi ilk smartfonini deyarli batafsil bilib bo‘lganmiz.

O‘QING: Nihoyat, Xiaomi eng kuchli protsessorli eng arzon flagmanini taqdim etyapti!

Pocophone F1 rusumli mazkur qurilmaning 22 avgustda rasman namoyish etilishini Xiaomi o‘zining reklama tizerlari orqali e’lon qilgan. Ammo bungacha ham ayrim internet-do‘konlar bu telefon uchun buyurtma ola boshlashgan edi.

Biroq kechagina ma’lum bo‘lishicha, Xiaomi Pocophone F1 modelining ilk partiyasini qo‘lga kiritgan ayrim sotuvchilar uni chakana bozorda haqiqatan ham sotishyapti! Jumladan, OLX onlayn savdo maydonchasining Ruminiya segmentidagi e’lon orqali ushbu smartfonni bemalol xarid qilish mumkin.

Chakana savdoga chiqarilgan Pocophone F1’ning tezkor xotirasi 6, doimiy xotirasi esa 64 gigabayt hajmga ega. Ta’kidlanishicha, AnTuTu’da bu gadjet 270 ming balldan oshiq natija ko‘rsatgan emish. U Android 8.1 operatsion tizim talqini bazasidagi MIUI 9.6 grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi. Sotuvchi ushbu smartfonga 490 dollar narx belgilagan, ammo rasmiy do‘konlarda u bundan arzonroq bo‘lishi tabiiy.

O‘QING: Xiaomi Pocophone F1 – eng kuchli protsessorga ega eng arzon smartfon!

Shuningdek, Xiaomi Pocophone F1 qadog‘i ochib namoyish etilgan yangi videolavha ham tarqaldi. Unda qutini ochib, to‘liq jamlanmasini ko‘rsatishgan, smartfonni yoqib, ayrim funksiyalarining, kamerasining qanday ishlashini ko‘rsatishgan. Mana, birga tomosha qilamiz:

Xullas, rasmiy namoyishiga qadar Xiaomi Pocophone F1 smartfonining siri qolmadi hisob. Ammo bu mavzuda yana yangiliklar bo‘lishi mumkin, ularni biz bilan birga kuzatib boring.

O‘QING: AnTuTu’da eng kuchli, ammo arzon flagman – Xiaomi Pocophone F1’ni sinab ko‘rishdi! («jonli» video)