22 oktyabrgacha bu ikki o‘yinni butkul olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

  •   DiMaX
  •  879
  •  16.10.2020 16:07

22 oktyabrgacha bu ikki o‘yinni butkul olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

Hafta yakuniga kelib esa Epic Games kompaniyasi yana ikkita o‘yinni butunlay va bepul ulashmoqda. Bulardan biri qo‘rqinchli o‘yin bo‘lsa, ikkinchisi o‘rta asrlardagi monarx haqidagi 2D-simulyator hisoblanadi.

O‘QING: Eng zo‘r o‘yinlarning o‘nta reytingi: bunga qo‘shilmaslik qiyin!

Ushbu hafta so‘ngida geymerlar va tanqidchilar e’tirof etgan Amnesia: The Dark Descent o‘yinining davomi – Amnesia: A Machine for Pigs xorrori bepul taqdim etilmoqda. Uning qahramoni – Osvald Mandus ismli tadbirkorga Meksika safaridan so‘ng tunlari dahshatli sharpalar azob beradi.

Amnesia: A Machine for Pigs o‘yinini o‘z kutubxonangizga ushbu havola yordamida bepul qo‘shib olishingiz mumkin.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!

Epic Games do‘konining ikkinchi hadyasi – Kingdom New Lands nomli strategiya o‘yinidir. Unda siz fentezi olamida yashovchi va o‘rta asrlardagi kichikroq qirollikni boshqaruvchi podsho rolini bajarasiz. Qirolning vazifasi – o‘sha dunyoni o‘rganish, qo‘shin to‘plash, o‘z davlatini rivojlantirish va iblislardan himoyalash.

Kingdom New Lands o‘yinining raqamli nusxasini tekinga olib qo‘yish uchun mana bu havola yordamida do‘konga o‘tasiz.

Bu ikkala o‘yinning tekin tarqatilish muddati 22 oktyabrgacha davom etadi. Shungacha ularni olib qo‘ysangiz, keyin istagancha bepul o‘ynash imkoniga ega bo‘lasiz.

O‘QING: PlayStation 5’ga tushmaydigan PS 4 o‘yinlarini Sony rasman e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.