22 sentyabrda Ilon Mask «ko‘plab qiziqarli narsalar»ni ko‘rsatmoqchi

  •   DiMaX
  •  1038
  •  12.09.2020 17:52

22 sentyabrda Ilon Mask «ko‘plab qiziqarli narsalar»ni ko‘rsatmoqchi

Ilon Mask avvalroq investorlar bilan uchrashiladigan Tesla Battery Day nomli tadbirni e’lon qilgan. 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan bu marosimda elektromobillarning akkumulyatorlari bilan bog‘liq yangi texnologiyalarning namoyishi kutilayotgan edi.

O‘QING: Tesla rahbari Ilon Mask bir kunda 16,5 mlrd dollaridan ayrildi!

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu marosimda quvvati 1 kilovatt-soatlik, narxi esa 100 dollar bo‘lgan akkumulyator taqdim etilishi kerak. Bunday batareyalar elektrokarlarning tannarxini pasaytirib, yakuniy natijada mashinaning arzonlashuviga olib keladi.

Lekin Tesla rahbarining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha tadbirda boshqa yangi mahsulotlar ham keng jamoatchilikka ko‘rsatiladi. Ilon Mask bu haqda Twitter akkauntida to‘g‘ridan-to‘g‘ri: «22 sentyabrda ko‘plab qiziqarli narsalar taqdim etiladi», deb yozdi.

Bularning qanaqa «narsalar» ekanligi hozircha noma’lum, kuzatuvchilar bu borada turli taxminlar bildirishmoqda. Jumladan, kompaniya o‘zining Model S Plaid rusumli yangi elektromobilini taqdim etar. Bu – Model S mashinasining yangi versiyasi bo‘lib, Roadrunner loyihasi doirasida yaratilgan yangicha akkumulyatorga ega elektrokar bo‘ladi.

Shuningdek, yangi avlod Model X hamda Model S elektromobillari uchun yangi platforma – Palladium loyihasiga oid biror yangilik bo‘lishi mumkin. Ayrimlar esa Semi elektrik yuk mashinasi va kompaniyaning ilk sport elektromobili – Tesla Roadster modelining ikkinchi avlodini ham kutishmoqda.

O‘QING: Mashinalar qo‘zg‘oloni: Tesla elektromobili «kamikadze»lik qildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!