245 dollarlik Nokia X7 (yoki Nokia 7.1 Plus) taqdim etildi: Android 9.0 Pie tizimli va Snapdragon 710 chipli!

  •   DiMaX
  •  2165
  •  16.10.2018 17:51

245 dollarlik Nokia X7 (yoki Nokia 7.1 Plus) taqdim etildi: Android 9.0 Pie tizimli va Snapdragon 710 chipli!

Kutilganidek, HMD Global kompaniyasi o‘zining Nokia X7 rusumli smartfonini rasman namoyish etdi. Xitoydan tashqariga u Nokia 7.1 Plus nomi bilan taqdim etilishi kerak, ammo namoyish marosimida bu haqda so‘z yuritilmagan.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Nokia X7 smartfonini ilk rasmiy suratlarda tomosha qilamiz!

Smartfonning 6,18 dyuymlik ekrani tepa qismida «o‘yiq»qa ega, uning tasivr aniqligi esa 2246x1080 pikselni tashkil etadi. Korpusining o‘lchami 154,8x75,7x7,97 millimetrga teng, vazni esa 178 gramm tosh bosadi.

Nokia X7 mazkur kompaniyaning Snapdragon 710 protsessoriga ega ilk smartfoni ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Uning tezkor xotirasi 4 va 6, doimiy xotirasi esa 64 dan to 128 gigabaytgacha variantlarda taklif etiladi.

Qurilmaning Zeiss logotipli asosiy kamerasida 12 megapikselli Sony IMX363 datchigi hamda 13 megapikselli qo‘shimcha sensor qo‘llangan. U tasvirni optik barqarorlashtirish tizimiga, qo‘shaloq avtofokusga, buyumlar va sahnalarni tanib olish funkksiyasiga, kam yoritilgan sharoitlarda suratga olish uchun alohida rejimga ega. Kamera blogidan pastroqda daktiloskopik datchik o‘rin olgan.

Selfi-kamera esa yanada kuchli – 20 megapikselli sensordan iborat. U xuddi kupertinoliklarning iPhone X yubiley flagmanidagi singari, bir necha tusli portret rejimiga ega.

O‘QING: Nokia kutilmaganda X7 smartfonini namoyish etdi

Nokia ushbu devaysini qadoqdanoq so‘nggi talqindagi – Android 9.0 Pie operatsion tizimini o‘rnatib chiqarmoqda. Smartfonning 3500 mA/soatlik akkumulyatori esa Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.

Telefonning narxi uning tezkor/doimiy xotira hajmiga ko‘ra quyidagicha:

  • 4/64 gigabaytligi – 245 dollar;
  • 6/64 GB gigabaytligi – 290 dollar;
  • 6/128 gigabaytligi – 360 dollar.

Nokia X7 smartfoni to‘rt xil tusdagi – Dark Blue, Night Red, Magic Night Silver va Magic Night Black rangli korpuslarda taklif qilinadi. Uning savdosi 23 oktyabrdan boshlanadi.

O‘QING: Barcha Nokia smartfonlari egalari uchun ajoyib syurpriz bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!