250 dan ortiq HUMO bankomatlari Visa kartalarini qabul qila boshladi

  •   DiMaX
  •  633
  •  30.08.2019 09:10

250 dan ortiq HUMO bankomatlari Visa kartalarini qabul qila boshladi

O‘zbekiston aholisi, chet ellik mehmonlar va sayyohlarga Visa xalqaro kartalaridan milliy valyutada mablag‘larni yechish imkoniyati taqdim etildi. Toshkent, Buxoro, Xiva, Samarqand va boshqa shaharlarda o‘rnatilgan HUMO bankomatlari mehmonlarga 24/7 tartibda xizmat ko‘rsatadi.

O‘QING: Xavfsizlik tasdiqlandi: HUMO to‘lov tizimiga PCI DSS Ma’lumotlar xavfsizligi standarti sertifikati berildi.

Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) O‘zbekiston banklari bilan birgalikda Visa xalqaro to‘lov tizimi tomonidan o‘rnatilgan kurs bo‘yicha milliy valyutada mablag‘larni yechish imkoniyatini joriy qildi. Endi Visa xalqaro karta egalari uchun eng yaqin bankni qidirish zarur emas: o‘z mehmonxonalariga yoki sayyohlik ob’yektlariga yaqin joylashgan HUMO va Visa logotiplariga ega bankomatni qidirib topishning o‘zi kifoya.

«Shubhasiz, mazkur tashabbus O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishga ko‘mak qiladi. HUMO Milliy to‘lov tizimi va Visa global to‘lov texnologik kompaniyasi mamlakat bo‘ylab 250 dan ortiq bankomatlarda Visa kartalarini qabul qilish bo‘yicha texnik ishlarni muvaffaqiyatli yakunladilar, bunday bankomatlarning soni esa kundan kunga ortib bormoqda», – deya ta’kidlaydi MBPM direktori Qurbonov Shuhratbek.

Visa va HUMO strategik hamkorligi poydevori mazkur yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Visa kompaniyasi O‘zbekistonda raqamli to‘lovlar infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish maqsadiga qaratilgan O‘zaro hamjihatlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumi imzolangan paytda o‘rnatilgan. Ushbu tashabbus tomonlarning mamlakatda elektron to‘lovlarni qabul qilish tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlaridagi birinchi qadam hisoblanadi.

«Visa HUMO bilan hamkorlik qilishdan juda mamnun va mahalliy bankomatlar tarmog‘ida Visa kartalarini qabul qilishni boshlash O‘zbekistonda naqdsiz to‘lovlarni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston aholisining farovonligini oshirish hamda mamlakat mehmonlari uchun qulaylik yaratish yo‘lidagi sherikchilik munosabatlarini o‘rnatishdagi birinchi qadam hisoblanadi», – deydi Markaziy Osiyodagi Visa Bosh menejeri Aliya Chinibayeva.

Bankomatdan milliy valyutada naqd pul mablag‘larini berish uchun komission haqni bankning o‘zi belgilaydi. Turistik shaharlarda milliy valyutada pullarni yechib olish imkoniyatini beruvchi HUMO bankomatlari yirik diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, bozorlar va h.k. atrofidagi 24/7 shoxobchalarida joylashgan.

O‘QING: Toshkent metropolitenida yo‘l haqini kontaktsiz to‘lash tartibi tajriba tariqasida ishga tushirildi

Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) to‘g‘risida:

MBPM 19.09.2018 yildagi PQ-3945-sonli «Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq tashkil etilgan. MBPMni tashkil etishning asosiy maqsadi – to‘lovlarni o‘tkazishning uzluksizligini, innovatsion mahsulotlarni siljitishni ta’minlash, bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va to‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitini rivojlantirishdan iborat.

HUMO to‘lov tizimining vazifalari:

- to‘lov infratuzilmasini yaxshilash;

- xalqaro tizimlar bilan integratsiyalashuv;

- yagona to‘lov makonini yaratish;

- milliy to‘lov svitch yaratish

Visa kompaniyasi haqida:

Visa Inc. (NYSE: V) raqamli to‘lovlar sohasida jahon yetakchisi hisoblanadi. Uning missiyasi – iste’molchilar, biznes va butun iqtisodiyotga rejali rivojlanish imkoniyatini yaratish maqsadida eng innovatsion, ishonchli va xavfsiz to‘lov tarmog‘i vositasida dunyoni birlashtirish.

Kompaniyaning eng yangi VisaNet global texnologik tarmog‘i butun dunyo bo‘ylab ishonchli va xavfsiz to‘lovlarni ta’minlaydi hamda sekundiga 65 000 dan ortiq tranzaksiyalarni qayta ishlay oladi. Visa kompaniyasi innovatsiyalarga katta e’tibor qaratadi, bu esa «connectedcommerce» tezkor o‘sish katalizatori hisoblanib, uning sharoitida deyarli istalgan ulangan qurilma to‘lovlarni amalga oshirishga qodir bo‘ladi, va shu tarzda barcha uchun va barcha joyda naqdsiz kelajakka o‘tishni yaqinlashtiradi. Analog texnologiyalaridan raqamli texnologiyalarga o‘tish jarayoni qanday ro‘y berib borishi davomida Visa tijorat shaklini o‘zgartirib borish uchun o‘z brendi, mahsulotlari, mutaxassislari, tarmog‘i va ko‘lamdan foydalanadi.

O‘QING: HUMO bankomatlari qanday tartibda ishlamoqda?