30 aprelgacha For the King o‘yinini bepul olib ulguring! (+video)

  •   DiMaX
  •  1281
  •  25.04.2020 17:37

30 aprelgacha For the King o‘yinini bepul olib ulguring! (+video)

Koronavirus pandemiyasi tufayli karantinda kishilar uyda zerikib qolmasliklari uchun turli o‘yinlarni bepul berish an’anasi davom etmoqda. Epic Games Store do‘koni For the King nomli qadam-baqadam strategiya o‘yinini vaqtincha bepul qildi.

O‘QING: Steam’dan to‘rtta o‘yinni o‘z vaqtida olib, bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

For the King – mohiyatiga ko‘ra qadam-baqadam jang, strategiya va rolli o‘yin janrlari xususiyatlarining qorishmasidir. Unda har bir seans oldingisidan farqlanadi, joylar, binolar va voqealar yo‘l-yo‘lakay tasodifiy taqdim etiladi.

O‘yinda yakka holda hamda onlayn tarzda birgalikda o‘ynash rejimlari mavjud. IronOak Games studiyasi uni bepul qo‘shimchalar bilan ta’minlab boradi; ular esa yer osti makonlarini, sarguzashtlarni va turli rejimlarni o‘z ichiga oladi.

For the King o‘yinini mana bu havola orqali o‘z saytidan yuklab olsangiz bo‘ladi. Uni faqat 30 aprel kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 gacha bepul olish mumkin, keyin yana pulli bo‘ladi.

O‘QING: Mashhur va bepul mobil o‘yin bo‘yicha sovrin jamg‘armasi million dollarlik turnirga marhamat!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!