31 maygacha yaqinlarni «Qo‘llab yubor»ish va «Foydali almashinuv» ikki karra arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  2851
  •  18.04.2020 10:01

31 maygacha yaqinlarni «Qo‘llab yubor»ish va «Foydali almashinuv» ikki karra arzonlashdi!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi (Uzmobile filiali) maxsus «Cheksiz muloqot» aksiyasi doirasida «Tungi Internet» xizmatini arzonlashtirgan edi. Endi shu aksiya doirasiga «Qo‘llab yubor» va «Foydali almashinuv» xizmatlari ham kiritildi, deyiladi rasmiy xabarida.

O‘QING: «O‘zMobayl» tug‘ilgan kuni munosabati bilan sovg‘alar beryapti

Kecha – 17 aprel kunidan UZTELECOM o‘z abonentlariga «Cheksiz muloqot» aksiyasidagi 2 ta yangilanishni taqdim etmoqda. Endilikda «Qo‘llab yubor» va «Foydali almashinuv» xizmatlari 50% chegirma asosida aksiya ishtirokchilariga aylandi!

Demak, aksiya davomida siz o‘z oilangiz va do‘stlaringizga yordam qo‘lini uzatishingiz va kerakli hajmdagi megabaytlarni atigi 250 so‘m evaziga o‘tkazib berishingiz mumkin. Ushbu xizmat haqidagi batafsil ma’lumotni mana bu havola orqali kompaniya saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom» yana oltita saytga kirishni bepul qildi!

Shu bilan birga, o‘zingizni ham xursand qilishni unutmang, deyiladi xabarda. «Foydali almashinuv» xizmati ham «Cheksiz muloqot» aksiyasi doirasiga kirgani bois, daqiqalarni megabaytlarga va aksincha, megabaytlarni daqiqalarga ikki barobar arzonlashtirilgan narxlarda almashtirish mumkin!

«Foydali almashinuv» xizmati xususida batafsil ma’lumot bilan ushbu havola yordamida tanishib chiqasiz.

Eslatib o‘tamiz, «Cheksiz muloqot» aksiyasi 2020 yil 31 mayga qadar amal qiladi.

O‘QING: TO‘LIQ RO‘YXAT: Koronavirus tufayli operatorlarimiz qaysi saytlarni bepul qilishdi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!