5G tarmog‘i bizga qanday muammolar olib keladi?

  •   DiMaX
  •  2256
  •  28.12.2019 18:03

5G tarmog‘i bizga qanday muammolar olib keladi?

Butun dunyoda beshinchi avlod uchli aloqa standartini joriy etish hamda bu tarmoqda ishlaydigan qurilmalar yaratishga zo‘r berilmoqda. Biroq uning joriy etilishiga qarshi bo‘lganlar ham ko‘p.

O‘QING: 5G tarmog‘ining xavfi borasidagi tajriba kutilmagan natijani ko‘rsatdi!

Bugun biz yangi avlod uyali aloqa tarmog‘ining salomatlikka ta’siri emas, balki sababli yuzaga keladigan boshqa muammolarga e’tibor qaratmoqchimiz. Mutaxassislarning fikricha, 5G tarmoqlarining to‘laqonli ishga tushirilishi sababli...

  1. Ob-havo prognozi yomonlashadi

Yo‘q, bu o‘zgarish iqlimning o‘ziga tegishli emas, balki tabiiy jarayonlarni kuzatib, yaqinlashib kelayotgan tabiiy ofatlarni aniqlash sifati tushib ketadi. Sababi – 5G tarmoqlari yuqori, shu jumladan, 24 gigagerslik chastotani ham qo‘llaydi. Ayni shunga yaqin – 23,8 gigagerslik chastota meteorologlarga bo‘ronlar, to‘fonlar va dovullarni oldindan aniqlashga yordam beradi. Mazkur diapazonda okeanlarda bug‘ hosil bo‘lishi intensivligini bildiruvchi tabiat signallarini ushlab olish mumkin.

Endi esa 5G to‘lqinlari ularni to‘sib qo‘yadi va ob-havoni prognoz qilish qiyinlashadi. Natijada okean va dengizlar sohillarida yashaydigan aholi o‘zlariga yaqinlashib kelayotgan bo‘ron haqida 2-3 kun kechikib xabar topishi mumkin.

O‘QING: «Yomon havo». 5G bizni 80-yillarga qaytarib tashlaydi(mi?)

  1. Minoralar va antennalar ko‘payadi

Okeanlardan keladigan ko‘p metrlik sunami to‘lqinlaridan tashqari, 5G tarmog‘i qo‘llaydigan millimetrlik to‘lqinlar ham bor hali. Ularning o‘ziga xosligi – bu to‘lqinlar uzoq masofaga yetib bormaydi va beton devorlardan o‘ta olmaydi. Bu muammoni hal etish uchun esa shaharlarda 5G tarmog‘i barqarorligini ta’minlovchi ko‘plab yangi antennalar va peredatchiklar o‘rnatilishi kerak bo‘ladi.

O‘QING: Mobil aloqa antennalari hayot uchun zararlimi?

  1. Kabellar uchun megafabrikalar kerak bo‘ladi

Bir qarashda, uyali aloqa, ayniqsa uning yangi avlodi kishilarni kabellardan, simlardan xalos etishi kerakdek. Ammo aslida hammasi siz o‘ylaganchalik oson emas. Sizning 5G-smartfoningiz yoki boshqa qurilmangiz hajmi bir necha gigabaytlik filmni simsiz internet orqali bir necha soniyadayoq yuklab olishi uchun, uyali aloqa stansiyalariga million kilometrlab shisha tolali kabellar tortib kelinadi.

Bunday zamonaviy kabellarni yetkazib berish uchun esa katta-katta fabrikalar hozirgidan ancha ko‘p hajmda ish olib borishlariga to‘g‘ri keladi. Tobora zichlashib borayotgan katta shaharlarda kabellarning ko‘p sonli stansiyalargacha olib borilishi esa yana bir muammo...

Xullasi kalom, beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i degani – faqat yakuniy foydalanuvchi uchungina qulay bo‘lishi mumkin, ammo bu qulaylik internetni yetkazib beruvchilar uchun ham, abonentlar uchun ham juda qimmatga tushadi.

O‘QING: 4G va 5G’ni amalda o‘zaro taqqoslab ko‘rishdi: kutilmagan natija!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!