70 dollarlik Redmi Go to‘liq fosh etildi: suratlari va xususiyatlari bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  3387
  •  25.01.2019 10:26

70 dollarlik Redmi Go to‘liq fosh etildi: suratlari va xususiyatlari bilan tanishing!

Xiaomi kompaniyasi Redmi turkumidagi smartfonlarini mustaqil brend sifatida ajratgani va uning ilk vakili Xitoyda talash bo‘layotganidan xabaringiz bor. Mi turkumidan farqli ravishda, Redmi modellari hamyonbop hisoblanadi, lekin ularning ichidan ham o‘ta arzoni bor...

O‘QING: Xiaomi eng arzon – Redmi Go smartfonini ro‘yxatdan o‘tkazdi!

Mazkur brendning eng arzon – Redmi Go modeli yaqin orada taqdim etilishi ma’lum bo‘lsa-da, uning barcha texnik xususiyatlari va hatto tashqi ko‘rinishigacha ma’lum bo‘lishini ko‘pchilik kutmagandi. Bu smartfon haqidagi ma’lumotlarni Filippindagi manba taqdim etgan.

Ma’lum bo‘lishicha Redmi Go modelini 2017 yili taqdim etilgan Redmi 5A smartfonining soddalashtirilgan shakli, deyish mumkin. Dizaynida umuman farqi yo‘q, texnik xususiyatlari ham ko‘p taraflama Redmi 5A’ga yaqin.

Masalan, har ikkala smartfon ham to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 425 platformasi bazasiga qurilgan. Ekranning o‘lchami diagonaliga 5 dyuym, tasvir aniqligi bo‘lsa 1280x720 piksellik. Ularning akkumulyatorlari tok sig‘imi ham bir xil – 3000 mA/soatlik. Redmi Go o‘lchamlari va vazni ham Xiaomi Redmi 5A bilan aynan bir xil: 140,4x70,1x8,35 millimetr va 137 gramm.

O‘QING: Eng arzon "Xiaomi" -- Redmi 5A taqdim qilindi

Farqlariga kelsak, Redmi Go xotirasi Redmi 5A’nikidan roppa-rosa ikki baravarga kam: 1 GB tezkor va 8 GB ichki xotira. Yangi modelda bosh kamera 8, selfi-kamera esa 5 megapiksellik. Uning xotirasini microSD-karta yordamida yana 128 gigabaytgacha kengaytirish imkoni mavjud.

Redmi Go ikkita SIM-karta uyachasi, LTE modemi, Wi-Fi 802.11n hamda Bluetooth 4.1 adapterlari, shuningdek, microUSB 2.0 porti bilan qurollangan. Faqat uning eski – Android 8.1 Oreo (Go Edition) operatsion tizimiga ega ekanligi sal ko‘ngilni g‘ash qiladi. Zero, ko‘plab insayderlar uning eng yangi – Android 9.1 Pie (Go Edition) tizimi bilan taqdim etilishini aytib kelishgan.

Demak, Redmi Go’ning narxidan boshqa barcha xususiyatlari bilan tanishib bo‘ldik. Xiaomi Redmi 5A modelining boshlang‘ich konfiguratsiyasi 100 dollarga narxlangani ma’lum. Soddalashtirilgan modeldagi xususiyatlarni hisobga olgan holda, kuzatuvchilar Redmi Go narxi 70 dollardan oshmasligini aytishmoqda.

O‘QING: Atigi 100 dollardan boshlanuvchi Redmi 7 Pro smartfonining ham taqdimot vaqti yaqin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!