77 yashar pokemon ovchisi koronavirus sababli o‘zi «ovlandi»

  •   DiMaX
  •  732
  •  24.03.2020 16:55

77 yashar pokemon ovchisi koronavirus sababli o‘zi «ovlandi»

Koronavirus pandemiyasining tarqalishiga qarshi kurash hozirda butun dunyoda jiddiy tus olgan. Yurtimizda ham uyali aloqa operatorlari bunga bosh qo‘shib, bir qator ta’lim va axborot saytlarini bepul qilib berishgan. Yana...

O‘QING: Internet ikki oy tekin bo‘ladimi? «O‘zbektelekom» aniqlik kiritdi

Yevropaning yirik shaharlarida esa karantinga yanada qat’iy amal qilishmoqda – ularda maxsus ruxsatsiz ko‘chaga chiqish ham mumkin emas. Biroq uzoq muddat uyda o‘tiraverish kishini zeriktirib qo‘yadi.

Pokemon Go o‘yinining 77 yoshli madridlik ishqibozi ham ana shunaqalardan biri bo‘lib chiqdi. Chol karantin davrida uyda o‘tirishni istamasdan, pokemon ovlab ko‘chaga chiqqan. Ispaniya poytaxt politsiyasi buning uchun uni qo‘lga olib, jarimaga tortgan.

«Fuqaro COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat tufayli 463/2020 raqamli qirollik farmoni talablarini buzgan. U pokemonlarni ovlab ko‘chada yurgan», – deyiladi politsiya qarorida.

O‘QING: «Pole Chudes» boshlovchisi Mortal Kombat’da: ikkita kulgigi video

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!