900 yil avval loydan yasalgan uyali telefon topildi – ekrani va tugmachalarida shumercha yozuviyam bor!

  •   DiMaX
  •  6064
  •  05.09.2019 16:20

900 yil avval loydan yasalgan uyali telefon topildi – ekrani va tugmachalarida shumercha yozuviyam bor!

Qadimiy artefaktlar orasida zamonaviy texnologiyalarga aloqador yoki ayrim gadjetlarga shaklan o‘xshash narsalar ham uchrab turadi. Lekin yaqinda Avstriyaning Zalsburg shahrida arxeologlar o‘ta g‘alati topilmaga duch kelishdi...

O‘QING: Facebook'da iPhone aks etgan qadimiy surat e’lon qilindi

Qadimshunoslar topgan loydan yasalgan – sopol buyum xuddi hozirgi uyali aloqa telefoniga o‘xshaydi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, uning yasalganiga to‘qqiz asrcha vaqt bo‘lgan, balki undan ham ko‘proqdir.

Ko‘rib turganingizdek, sopol telefonning barcha detallari haqiqiydek ko‘rinadi. Uning korpusida tugmachalar, displey va hatto ularda yozuvlar ham bor! Aniqlanishicha, bu belgilar qadimgi shumer xalqi yozuviga tegishli.

O‘QING: Yangi texnologiya qadimiy piramida ostidan «narigi dunyoga yo‘l» topdi!

Ushbu sopol telefonning muallifi shumerlar sivilizatsiyasi vakili bo‘lsa kerak, lekin telefonni u qayerda ko‘rgan bo‘lishi mumkin?! Uning surati internetda tarqalib ketgach, kishilar bu haqda ham o‘z taxminlarini bildirishmoqda.

Ayrimlarning fikricha, qadimgi shumerlar o‘zga sayyoraliklar bilan muloqot o‘rnata olganlar. O‘sha g‘ayrizaminiy madaniyatlar vakillari ularga telefon singari yuksak texnologiya yutuqlarini ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

Yana boshqalarning taxminiga ko‘ra, shumerlar zamonlar osha sayohat qilishga qodir bo‘lgan, ularning davriga borib qolgan kelajak odamini uchratishgan. Uning qo‘lidagi telefonning nusxasini sopoldan yasashgan, uning tugmachalari va displeyiga esa o‘z yozuvlariga oid belgilarni tushirishgan.

Ehtimol, buning siri kelajakda ochilib qolar, yoki ushbu xabar feyk bo‘lib chiqar – voqealar rivojini Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

O‘QING: «Jonli» surat: «Stiv Jobs tirik va Misrda yashirinib olgan!»