Abituriyentlarga onlayn ruxsatnomalar berish boshlandi – Telegram’dan ham olsa bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  583
  •  31.07.2021 09:47

Abituriyentlarga onlayn ruxsatnomalar berish boshlandi – Telegram’dan ham olsa bo‘ladi!

2021-2022 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga «Abituriyent ruxsatnomasi»ni berish boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi o‘zining Telegram-kanali orqali e’lon qildi.

O‘QING: Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallardagi firiblardan ogohlantirdi

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqaminiki kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus Telegram-botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati ham mavjud:

  • @mandat2021bot
  • @mandat2021_1_bot
  • @mandat2021_2_bot
  • @mandat2021_3_bot
  • @mandat2021_4_bot

Test sinovlari 5 avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4 avgust sanasiga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim. Pasport (ID-karta) bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

O‘QING: ID-karta – universal pasport: barcha ma’lumotlar bitta kartada (+videoqo‘llanma)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!