Afsonaning nihoyasi: Besh yildan keyin Android’dan voz kechiladi

  •   Saroy
  •  2845
  •  06.09.2018 09:37

Afsonaning nihoyasi: Besh yildan keyin Android’dan voz kechiladi

Android operatsion tizimi  yaqin yillarda o‘rnini boshqa, yanada zamonaviy izdoshiga bo‘shatib beradi, degan gap so‘zlar tarqalganiga ham ikki oycha bo‘lib qoldi. Ommaviy axborot vositali tarqatgan xabarlarda aytilishicha, dunyodagi eng ommaviy mobil OS’dan 2023 yilda voz kechilishi mumkin.

Android’ni iste’moldan to‘liq siqib chiqarishi ko‘zda tutilayotgan zamonaviy operatsion tizimni yaratish ishlari so‘nggi ikki yil davomida yopiq rejimda olib borilmoqda. Google’ning yuzlab muhandislaridan tashkil topgan guruh  yashirin tarzda yangi OS’ni «noldan» yaratishmoqda. U Fuchsia deb nomlanadigan bo‘ldi.

Google'da Fuchsia’ni yaratish zarurati paydo bo‘lganiga internet bilan bog‘langan, ya’ni tarmoqqa ulanish imkoni bo‘lgan yangi va yangi shaxsiy gadjetlar paydo bo‘lib borayotgani sabab bo‘lmoqda. Barcha  «aqlli» qurilmalarni yagona ekotizimga bog‘lash uchun kompaniyaga OS’ni yaxshilash kerak bo‘lmoqda. Uni keng ko‘lamdagi elektron devayslarga o‘rnatsa bo‘ladi, jumladan o‘yin noutbuklaridan tortib, to onlayn rejimida ishlaydigan mittigina sensorlargacha.

O‘QING:TOP-10: Dunyodagi eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu talqini, 2018 yil, sentyabr)

Google Bosh direktori Sundar Pichai sun’iy intellektni yaratishga qaror qildi. U zamonaviy insonga hamma joyda hamrohlik qiladi.

Taassufki, smartfon egalarining to‘rtdan uch qismi foydalanayotgan  Android OS allaqachon eskirgan va oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajara olmayapti.

Bloomberg ma’lum qilishicha, Fuchsia ustida ishlayotgan muhandislarga qurilmalarga yangi operatsion tizimni joriy qilish vazifasi ko‘ndalang turibdi. Masalan, ovoz bilan boshqariladigan kolonka uch oy ichida yaratilishi va keyin yirik gadjetlarga, jumladan noutbuklar va smartfonlarga  o‘tishi lozim.

Dasturchilarning asosiy vazifasi Android operatsion tizimni to‘liq o‘zgartirishdan iborat, deb xabar beradi nomi  anonim bo‘lib qolishni istagan  axborot manbasi. Dastlabki bashoratlarga ko‘ra, Android’dan  Fuchsia’ga o‘tish 2023 yilda amalga oshirilishi kerak.

Shunga qaramay,  bunday yondoshuv hozircha faqat so‘zlarda jaranglamoqda. Besh yil ichida Fuchsia jamoasi vakillari, jumladan Sundar Pichai va uning o‘rinbosari Xiroshi Lokxaymerdan  Android’ni almashtirishning chuqur o‘ylangan rejasini ishlab chiqish talab etiladi. Chunki qurilmalar ishlab chiqarayotgan o‘nlab hamkor ishlab chiqaruvchilar, minglab mobil ilova yaratuvchilarining muvafaqiyati Android’ga bog‘liq bo‘lib turibdi. Qolaversa, Google’ning reklama e’lonlaridan tushirayotgan milliardlab pullari ham shunga bog‘liq.

Bundan tashqari,  Android operatsion tizimi bir qancha janjallar va sud mojarolarining markazida turibdi. Shunday ekan,  ushbu  OS’ning istalgan o‘zgarishi AQShda ham, Yevroittifoqda ham hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyul oyida  Google Yevrokomissiya tomonidan 5 milliardga dollarga jarimaga tortilgan edi.  Bunga kompaniyaning Android bilan bog‘liq raqobat qoidalariga amal qilmagani sabab qilib ko‘rsatilgan edi.

O‘QING:Hamyonbop va kuchsizroq smartfonlar uchun sakkizta «yengil» ilova

Yana shuni ham unitmaslik kerakki,  Google’ning ichida ham qarama-qarshiliklar kuchaygan, shu bois loyihani butunlay to‘xtatish haqida ham gap-so‘zlar tarqalib qoladi, ba’zan.

Masalan, 2018 yil iyunda kompaniya Pentagonning  bir necha milliardlik shartnomasidan ham voz kechishga to‘g‘ri kelindi. Pentagon bilan tuzilgan shartnomaga binoan, Google  sun’iy intellekt bazasida kuzatuv tizimini yaratish lozim edi. Google’ning ko‘plab xodimlari Mudofaa vazirligi bilan hamkorlik qilinishidan noroziliklarini bildirgan edi. Ular sun’iy intellektni haqiqiy urush harakatlarida ishlatilishidan tashvish bildirgan edi. Xabarda aytilishicha, hozirda Fuchsia jamoasida yangi OS’ni o‘rnatish va dizayn bo‘yicha jiddiy bahs-munozaralar, tortishuvlar bo‘lmoqda. Qolaversa shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalasi ham o‘ta dolzarb hisoblanadi

O‘QING:Apple smartfonlari Android'lardan qancha oldinda?

Fuchsia’ni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad  —  Google’ning raqobatbardoshligini oshirish. Mobil qurilmalari bozorining 85 foizi Android ulushiga to‘g‘ri kelsa-da, “olmachi”lar  brendiga qarashli  iOS operatsion tizimida ayniqsa, ish samaradorligi, ma’lumotlarni himoyalash hamda Apple’ning barcha qurilmalarga mos tushishi  borasida qator ustunliklar mavjud.

Yangilanishlarning oson kechishi ham muhim faktorlardan hisobanadi. iOS’da yangi versiya chiqqanda,  iPhone’ning aksariyat egalari o‘zlarining operiatsion tizimini tezkorlik bilan yangilab olishadi. Android’ning yangi versiyasiga keladigan bo‘lsak, ko‘p hollarda ular eski qurilmalarni qo‘llab-quvvatlamaydi, natijada faqt 10 foizgina foydalanuvchi yangilanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“Android’dan voz kechish Google’ga barchasini qaytadan boshlashga va bundan o‘nlab yillar avval yo‘l qo‘ygan xatolarini takrorlamaslikka imkon beradi” – deydi Confide messenjeri asoschisi Jeffri Grossman.

O‘QING:Android’da pullik ilovani tekinga oling

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!