AirPods Max taqdim etildi – 2020 yilgi iPhone’dan ham qimmat!

  •   DiMaX
  •  778
  •  09.12.2020 15:57

AirPods Max taqdim etildi – 2020 yilgi iPhone’dan ham qimmat!

Apple korporatsiyasi o‘zining ilk to‘liq o‘lchamli quloqchinini tayyorlayotgani haqida bir necha xabarlar chiqarganmiz. Lekin u kutilganidek AirPods Studio emas, balki AirPods Max nomi ostida namoyish qilindi, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: iPhone 12 smartfonlaridagi muammoni Apple tan oldi

Kompaniyaning ta’kidlashicha, quloqchinlar tuzilishi shundayki, ularning har bir qismi keraksiz bosim va bezovtaliklarsiz insonning bosh shakliga moslashadi. Yuqori qismi alyuminiydan yasalgan va nafas oladigan mato bilan qoplangan, quloq yostiqlari ham aylanib, bir-biridan mustaqil ravishda harakatlanadi.

Ovozni so‘z bilan ta’riflash foydasiz, ammo kompaniya ovozni eshitiladigan diapazonda minimal buzilish bilan uzatishni va’da qilmoqda. Ichki qismi Apple kompaniyasining o‘zi ishlab chiqargan drayverlari bilan jihozlangan. Quloqchinlarga «shaffoflik» rejimida ishlay oladigan, shovqinni o‘chiradigan faol tizim qo‘shilgan, uning yordamida foydalanuvchi atrofni eshitishi yoki barcha begona tovushlarni butunlay bloklashi mumkin.

Quloqchinlar faqat simsiz rejimda ishlaydi, smartfon yoki kompyuterga ulanadi, zaryad olmasdan shovqinni bekor qilish bilan 20 soat ishlash qobiliyatiga ega. Zaryadlash uchun Lightning ulagichi ishlatiladi.

AirPods Max oldindan buyurtma qilish uchun mavjud, sotuvlar 15 dekabrga rejalashtirilgan. Quloqchinlar beshta rangda taqdim etilgan – kulrang, kumushrang, yashil, ko‘k va qizil.

Kompaniya o‘z an’anasiga sodiq qolib, quloqchinni qimmat baholagan – naq 549 dollar; bu esa 2020 yilgi iPhone SE smartfonidan ham yuqori narx!

O‘QING: Apple iPhone 12'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!