Al-Azhar universiteti Ka’ba buzilishini o‘z ichiga olgan o‘yinlardan ogohlantiradi (+video)

  •   DiMaX
  •  2294
  •  02.07.2021 08:02

Al-Azhar universiteti Ka’ba buzilishini o‘z ichiga olgan o‘yinlardan ogohlantiradi (+video)

Qohiradagi taniqli Al-Azhar universiteti keyingi bosqichga o‘tish uchun o‘yinchilarni Ka’bani buzishga undaydigan Fortnite deb nomlangan ko‘p o‘yinchi ishtirok etuvchi video o‘yinini taqiqlash haqida ogohlantirish xati e’lon qildi. Ogohlantirish universitetning Xalqaro elektron fatvolar markazi orqali berilgan, deb yozadi Azon.uz axborot-tahliliy portali.

O‘QING: Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

«Markaz ilgari yoshlar ongini band qiladigan, ularni foydali bilim olish yoki ishlashdan chalg‘itadigan va ularni voqelikdan uzoqlashtirib virtual olamlarga qamab qo‘yadigan, nafratga, o‘ziga yoki boshqalarga zarar yetkazishga undaydigan ba’zi elektron o‘yinlardan ogohlantiradi», deyiladi universitetning Feysbuk sahifasida.

Ro‘yxatga qo‘shilgan Fortnite video o‘yini qurollarni yutib olish va keyingi bosqichga o‘tish uchun o‘yinchilarni Ka’bani buzishga undaydi. «Bu yoshlarning e’tiqodi va qadr-qimmatiga ta’sir qiladi. Shu sababli, markaz zo‘ravonlikni rag‘batlantiradigan yoki yolg‘on g‘oyalarni o‘z ichiga oladigan, e’tiqodni buzadigan yoki diniy e’tiqodga hurmatsizlik ko‘rsatadigan barcha elektron o‘yinlarning taqiqlanishini talab qiladi».

O‘QING: TikTok va yana beshta tanishuv ilovasini bloklagan ilk musulmon davlat qaysi bo‘ldi?