«Aldoqchi» Lenovo Z5 baribir rekord o‘rnatdi! Endi Mi 8 va Honor Play’ning ahvolini ko‘ring...

  •   DiMaX
  •  5982
  •  12.06.2018 18:51

«Aldoqchi» Lenovo Z5 baribir rekord o‘rnatdi! Endi Mi 8 va Honor Play’ning ahvolini ko‘ring...

Rasmiy taqdimotidan oldin rosa maqtalib shov-shuv ko‘tarilgan Lenovo Z5 smartfoni esingizdadir? Uni kamida to‘rtta texnologiya bo‘yicha rekord o‘rnatadi, deyishgandi, ammo aslida esa...

O‘QING: Nihoyat, Lenovo Z5 taqdim etildi: kompaniya barchani laqillatgan ekan!

Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham, ushbu «aldoqchi» smartfon bugun – 2018 yilning 12 iyunida rekord o‘rnatishga erishdi. Gap shundaki, mazkur qurilmaning JD.com onlayn do‘konida bugun savdoga chiqarilgan ilk partiyasi ikki daqiqadayoq sotib tugatildi! Lenovo Z5 smartfoni juda tez sotilgan – bir daqiqadayoq unga 340 mingta buyurtma tushgan.

Bundan tashqari, u JD.com internet-do‘konida bugungi yakka tovarlar orasida rekord ham o‘rnatgan. Bunda u o‘ta kuchli raqiblar – Huawei Honor Play hamda Xiaomi Mi 8 smartfonlarini ham ortda qoldirgan!

Aytish kerakki, Lenovo Z5 bunday natijaga o‘zining hamyonbop narxi tufayli erishgan. Axir, hatto Xitoyda ham 200 AQSh dollari atrofidagi narxga boshqa bunaqa smartfon topish qiyin-da!

O‘QING: Tadqiqot: Xitoyda talab eng yuqori smartfonlarning yurtimizdagi narxlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!