AliExpress asoschisi koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam beradi
Xitoylik milliarder, Alibaba Group (AliExpress ham shunga qarashli) asoschisi Jek Ma va uning xayriya fondi 7 ta mamlakatga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam beradi. Bu haqda Reuter agentligi xabariga tayanib Sof.uz nashri yozmoqda.
O‘QING: Koronavirus tufayli AliExpress xaridorlarni ogohlantirmoqda
Ro‘yxatga quyidagi mamlakatlar kiritilgan: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam va Butan.
Ushbu mamlakatlarga jami 1,7 million dona niqob, 165 ming dona COVID-19’ni aniqlovchi test, himoya kiyimlari va zaruriy tibbiy asbob-uskunalar yuboriladi.
Mazkur fond bunga qadar Xitoy, Rossiya, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yevropa Ittifoqi va Afrika mamlakatlariga koronavirusga qarshi kurashishda yordam qo‘lini cho‘zgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari hukumati O‘zbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordamini jo‘natgani edi.