Android 10 nomini Google rahbari tasodifan «sotib» qo‘ydi: bunisi endi shirin emas ekan!

  •   DiMaX
  •  1309
  •  23.02.2019 13:09

Android 10 nomini Google rahbari tasodifan «sotib» qo‘ydi: bunisi endi shirin emas ekan!

Qidiruv giganti o‘zining o‘ninchi avlod mobil operatsion tizimini allaqachon tayyorlagan. Biz hatto Android 10 boshqaruvi ostida ishlayotgan smartfon videolarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Android Q talqinida hatto iPhone egalari ham havas qiladigan funksiya bor!

Garchi taqdimot kuni rasman aytilgan esa-da, hozircha Android Q versiyasining to‘liq nomi ma’lum bo‘lmay kelayotir. Lekin kecha shu masalaga oydinlik kiritilganga o‘xshayapti.

Gap shundaki, Android uchun mas’ul bo‘lgan Google katta vitse-prezidenti Xiroshi Lokxaymer (Hiroshi Lockheimer) e’lon qilgan navbatdagi tvitda foydalanuvchilar bir narsani payqab qolishdi. Ushbu post allaqanday «Android Quiche» tizimli qurilmadan yozilgan:

«Quiche» so‘zi fransuz milliy taomlaridan birining nomi bo‘lib, «Kish» deb o‘qiladi. Qizig‘i – bu taom shirinlik emas, Android talqinlari esa odatda alifbo tartibida turli shirinliklar nomi bilan atalib kelayotir.

Bu masalaga ham tez orada aniqlik kiritilsa kerak, yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun Terabayt.uz’ni kuzatishda davom eting!

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Android Q tizimidagi yangi imkoniyatlar bilan tanishamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.