Android 10 Q talqinida «Raqamli farovonlik» yanada mo‘l-ko‘l bo‘ladi. U qanday funksiya o‘zi?

  •   DiMaX
  •  1409
  •  30.03.2019 15:58

Android 10 Q talqinida «Raqamli farovonlik» yanada mo‘l-ko‘l bo‘ladi. U qanday funksiya o‘zi?

Google kompaniyasi 14 martga o‘tar tunda Android 10’ning ilk rasmiy beta-talqinini taqdim etdi. Uni o‘rnatib olgan Google Pixel egalari esa Android Q’ning bir qator yangi imkoniyatlarini ham kashf qilishdi.

O‘QING: Qaysi smartfonlar egalari Android Q’ni birinchilar qatorida sinab ko‘rishadi?

Hozirda dunyo bo‘ylab ko‘plab mobil qurilmalarda amalda bo‘lgan Android 9 Pie talqinida «Raqamli farovonlik» («Sifrovoy blagosostoyaniye» – «Digital Wellbeing») funksiyasi mavjud. Uning evaziga smartfon egasi undagi ilovalar va tizimning o‘zidan qanday foydalanayotgani haqida ma’lumot ola biladi. Ya’ni, shu kunning o‘zida qurilmadan necha marta foydalangani, necha marta uni blokdan chiqargani, shuningdek, muayyan bir ilovani qanchalik tez-tez ishlatayotgani va nechta bildirishnoma olgani kabilar haqida.

Shuningdek, unda aniq bir dasturdan foydalanishga taymer o‘rnatib qo‘yish mumkin, shu tariqa o‘z vaqtingizni tejaysiz – biror o‘yin yo messenjerga belgilangan vaqtdan ortiq kirishib ketmaysiz.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, o‘ninchi avlod – Android Q operatsion tizimida «Raqamli farovonlik» funksiyasi yanada kengaytirilgan tarzda taqdim etiladi. Shu tariqa, fon rejimida ishlayotgan dasturlarni to‘xtatish va muhimi – ularning yana avtomatik ishga tushib ketishini taqiqlash mumkin.

Bu esa smartfon egasiga o‘z qurilmasi ustidan yanada kuchliroq nazorat o‘rnatish, tizim resurslarini, akkumulyator quvvatini va hisobidagi internet-trafikni (tabiiyki – mablag‘ini ham) tejash imkonini beradi.

O‘QING: Android Q oboylari va ringtonlarini hozirdanoq o‘rnatib olishingiz mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!