Android 11’gacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining to‘liq ro‘yxati!

  •   DiMaX
  •  2958
  •  10.11.2020 13:46

Android 11’gacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining to‘liq ro‘yxati!

Avvalroq biz o‘n birinchi avlod «yashil robotchali» tizimni qabul qiladigan Samsung mobil qurilmalarining 63 ta nomdan iborat ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Endi ma’lum bo‘lishicha, Android 11 operatsion tizimigacha yangilanuvchi Samsung smartfon va planshetlarining soni to‘qsontaga borar ekan!

O‘QING: Galaxy M turkumida yangi smartfon: 6000 mAh akkumulyator va Exynos 9611 chipli! (+video)

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining mobil qurilmalarini yangilash masalasiga bu yil yangicha yondashmoqda – aksariyat modellar Android’ning avvalgidek ikkita emas, balki uchta navbatdagi talqinini qabul qiladi. Bu degani – masalan, Android 10 versiyasi bilan taqdim etilgan Galaxy S20 flagmanlari Android 11, 12 va 13 versiyalarigacha (vaqti kelib, albatta) yangilanadi.

Insayder tarqatgan norasmiy ro‘yxatga ko‘ra, hali chiqmagan OneUI 3 grafik qobig‘i ostidagi Android 11 operatsion tizimi quyidagi 90 xil smartfon va planshetga keladi:

Agar shu ma’lumot rost bo‘lib chiqsa, Samsung nafaqat qimmatbaho flagmanlarini, balki o‘rta narxli va ayrim arzon smartfonlarini ham o‘n birinchi avlod operatsion tizim bilan ta’minlamoqchi.

Biroq ushbu modellarning qay biriga apdeyt qachon yetib kelishi haqida hozirch ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Android 11’gacha yangilanishi aniq bo‘lgan Samsung, OnePlus, Xiaomi, Oppo, Realme, Huawei, Motorola, LG va Nokia smartfonlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!