Android Q Beta 4 to‘xtatildi – u smartfonlarni butkul ishdan chiqaryapti!

  •   DiMaX
  •  763
  •  08.06.2019 15:15

Android Q Beta 4 to‘xtatildi – u smartfonlarni butkul ishdan chiqaryapti!

Google kompaniyasi kuni kecha o‘ninchi avlod operatsion tizimining yangi beta-versiyasi – Android Q Beta 4 talqinini chiqargan edi. Terabayt.uz esa mazkur yangilanishni yuklab olish mumkin bo‘lgan smartfon modellarining ro‘yxatini e’lon qilgan.

O‘QING: Android 10 taqdim etilmasidan Android 11 e’lon qilindi: Google unga «imkonsiz» funksiyani qo‘shyapti!

Biroq ushbu apdeytni o‘z smartfonlariga o‘rnatib olgan ko‘plab foydalanuvchilardan shikoyatlar tusha boshladi. Norozilik murojaatlari asosan turli modellardagi Pixel qurilmalari egalaridan kelgan.

Gap shundaki, Android Q Beta 4 talqiniga yangilangach, qurilmalar so‘ngsiz o‘chib-yonish jarayoniga tushib qolgan. Ayrim smartfon egalari o‘z gadjetlarini majburiy tarzda boshlang‘ich sozlamalariga qaytarish yo‘li bilan bu muammodan qutulishgan. Biroq bunda devaysning xotirasidagi barcha ma’lumotlar – kontaktlar, suratu videolar va boshqa fayllar yo‘q bo‘lib ketishi chatoq-da.

Google foydalanuvchilarning shikoyatlari sababli tezda chora ko‘rdi – Android Q Beta 4 yangilanishini to‘xtatib qo‘ydi. Endi kompaniya dasturchilari mazkur muammoning sababini topish va bartaraf etish ustida ishlashmoqda. Barchasi hal etilgach, o‘ninchi Android’ning to‘rtinchi beta-versiyasi yana tarqatilishi kutilmoqda.

O‘QING: Android 10 Q sizni muhim bir imkoniyatdan mahrum etadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.