Android-smartfonlar ikki baravar tez arzonlashadi!

  •   DiMaX
  •  2315
  •  12.03.2020 10:48

Android-smartfonlar ikki baravar tez arzonlashadi!

Kishi yangi smartfon olganida, eskisini biror yaqiniga sovg‘a qilishi yoki ikkilamchi bozorda sotishi mumkin. Xo‘sh, o‘shanda qurilmalar o‘z narxidan qancha arzonga ketadi?

O‘QING: Tutib, tutib soting: tutilsa ham qiymatini yo‘qotmaydigan smartfonlar bor

Tutilgan smartfonlarni olib-sotish bilan shug‘ullanuvchi BankMyCell kompaniyasi e’lon qilgan yangi hisobot ularning qanchalik arzonlashib borishini ko‘rsatadi. Ma’lum bo‘lishicha, Android tizimli smartfonlar iPhone’larga nisbatan ikki baravar tez o‘z narxini yo‘qotib borar ekan. Bu ko‘rsatkich – flagman modellar uchun; hamyonbop va arzon smartfonlarda esa farq yanada katta.

BankMyCell ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone birinchi yili o‘z narxining taxminan 23,45% qismini yo‘qotadi, ikkinchi yili esa – 45,46 foizini. 700 dollardan qimmat bo‘lgan Android-smartfonlarning arzonlashuvi esa birinchi yiliyoq 45,18 foizga yetadi – bu esa iPhone ikki yilda yo‘qotadigan narxdan ham ko‘proq. Ikki yilda esa «yashil robotchali» telefonlar 71,41% narxidan mahrum bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra tannarxi hisoblandi – Samsung uni necha baravar qimmatga sotyapti?

O‘rta narxli va arzon Android-smartfonlarning ikkilamchi bozorida esa arzonlashuv ko‘rsatkichlari yanada yuqori. 350 dollarlik smartfon birinchi yilda 48,65 foizga arzonlashadigan bo‘lsa, ikki yilda bu ko‘rsatkich naq 79,66 foizga yetadi!

Demak, ishlatilgan smartfoningizni sotish yoki biror tanishingizning telefonini arzonroqqa olish jarayonida shularga e’tibor berganingiz ma’qul. Shuningdek, tutilgan smartfon xarid qilishda e’tiborli bo‘lish darkor. Avvalroq biz OLX.UZ’dagi arzon ayfonga uchib, 500 dollarga chuv tushgan hamyurtimiz haqida yozganmiz, shu kabi vaziyatga tushib qolmang!

O‘QING: Redmi bestsellerining eng qimmat versiyasini endi eng arzoni narxida olish mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!