Antireyting: eng ko‘p buziluvchi smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing

  •   DiMaX
  •  3714
  •  14.07.2018 18:28

Antireyting: eng ko‘p buziluvchi smartfonlar ro‘yxati bilan tanishing

Blancco kompaniyasi joriy yilning birinchi choragida maxsus tadqiqot o‘tkazib, qaysi smartfonlar eng «muammoli» chiqayotganini aniqladi. Tekshiruvlar natijasi aks etgan doklad kuni kecha e’lon qilindi.

O‘QING: 6 oy o‘tdi: Yilning eng yaxshi smartfonlarini aniqlaymiz

Aytish kerakki, mutaxassislar ushbu tadqiqot doirasida ham Android, ham iOS tizimidagi smartfonlarning necha foizida nuqsonlar yuzaga kelganligi o‘rganilgan. Ekspertlarning ta’kidlashlariga ko‘ra, Android-qurilmalarda muammolar asosan ularning kameralari, mikrofonlari va akkumulyatorlarida ko‘zga tashlanadi. «Tishlangan olmali» gadjetlar foydalanuvchilari esa ko‘proq ekran, Wi-Fi hamda Bluetooth modullaridagi nosozliklardan shikoyat qilishgan. Har ikki tizimdagi devayslarda ham uchraydigan muammo – samaradorlikning pastligidir.

«Yashil robotchali» qurilmalardagi ishkallar quyidagi jadvalda ishlab chiqaruvchi kompaniyalar kesimida ko‘rsatilgan:

O‘QING: AnTuTu: Narxiga munosib eng yaxshi smartfonlar reytingi (arzon va o‘rta narxli)

iOS tizimli qurilmalarning muammolari miqdori esa quyidagi jadvalda modellar kesimida ko‘rsatilgan:

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Apple korporatsiyasining eng «muammoli» plansheti iPad Air 2 bo‘lib chiqqan.

O‘QING: Xitoy smartfonlari ilk marotaba iPhone'ni dog‘da qoldirishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!