AnTuTu testida iPhone XS Max, Galaxy S10+, Mi 9 va boshqalarni «yer tishlatgan» yangi flagman bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  2959
  •  16.04.2019 14:57

AnTuTu testida iPhone XS Max, Galaxy S10+, Mi 9 va boshqalarni «yer tishlatgan» yangi flagman bilan tanishing!

Hali taqdim etilmagan Meizu 16s flagmani bundan bir necha kun avval Geekbench benchmarkida Galaxy S10+ modeli bilan kuch sinashgandi. Endi esa bu smartfonning AnTuTu servisidagi yangi sinov natijasi chiqdi va u hayratlanarli!

O‘QING: Galaxy S10’dan ustun, Mi 9 «kushandasi» – Meizu 16s namoyish va savdoga chiqish kuni ma’lum

Smartfonsoz kompaniyaning dasturchilaridan biri – Xong Xenshen (Hong Hansheng) kuni kecha Meizu 16s flagmanining AnTuTu’dagi yangi test natijasini e’lon qildi:

GSM Arena nashri esa turli smartfonsozlarning so‘nggi flagmanlari ko‘rsatgan eng yuksak natijalarni taqqoslab reyting tuzishdi. Meizu 16s unda barcha raqiblari – Xiaomi Mi 9, Oppo Reno 10x Zoom, Samsung Galaxy S10+ va boshqalardan ustun keldi!

O‘QING: Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Ko‘rishingiz mumkin – iPhone XS Max mazkur ro‘yxatning beshinchi pog‘onasida turibdi:

Ammo AnTuTu mutaxassislari avvalroq, mazkur testda Android-smartfonlar hamda iPhone’lar samaradorligi bir-biridan boshqacharoq usullarda hisoblanishini aytgandi.

Meizu 16s flagmani ertaga – 17 apreldayoq taqdim etilishi kutilmoqda, narxi esa 447 AQSh dollaridan boshlanishi mumkin. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa mazkur kompaniyaning turli rusumlardagi, bir yillik rasmiy kafolatga ega smartfonlarini 750 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Terashop.uz’da Meizu smartfonlari arzonlashdi (2019 yil 2 aprel) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.