Apple akkumulyatorlar borasida o‘z mijozlarini boplab kelayotgan ekan!

  •   DiMaX
  •  3446
  •  18.01.2018 08:56

Apple akkumulyatorlar borasida o‘z mijozlarini boplab kelayotgan ekan!

Apple kompaniyasi o‘z smartfonlarining eski modellarida akkumulyator quvvati kamayganida qurilmaning samaradorligini pasaytirishi bilan bog‘liq mojarolar hali nihoyasiga yetgani yo‘q. iPhone’larni atay sekinlashtirgani sababli dastlab AQShda mijozlar Apple’ni sudga berishdi, keyinroq bu holat boshqa mamlakatlarda ham uchramoqda. Mijozlarining sodiqligini avvalgi darajaga qaytarish maqsadida, Apple korporatsiyasi eski iPhone modellarining batareyasini almashtirib berish narxini tushirishga qaror qildi.

O‘QING: Eski iPhone’lar bilan bog‘liq mojaro sababli Apple milliardlab dollar yo‘qotadi

Endi esa kupertinolik gigantga yana bir ayb qo‘yishdi: «Apple yangi iPhone’larga avval ishlatilgan batareyalarni qo‘yib sotyapti»! Huquqlarni himoyalovchi DiCello Levitt & Casey kompaniyasi, yuzdan oshiq mijozning da’vosiga ko‘ra, Apple ustidan sudga shikoyat qildi. Ular «olmali» korporatsiyadan akkumulyator batareyalarini chindan ham utilizatsiya qilayotganining isbotini talab etishmoqda.

Bir necha yil avval Apple maxsus dastur doirasida iPhone va iPad’lar egalaridan eski akkumulyatorlarni qaytarib olishni yo‘lga qo‘ygandi. Korporatsiya bu batareyalardagi qimmatbaho materiallarni ajratib olishi va shu bilan Yerdagi cheklangan tabiiy resurslarni tejashini ma’lum qilgan.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Qualcomm ustidan bo‘layotgan sudda Apple jarimaga tortildi!

Endi esa DiCello Levitt & Casey huquqshunoslari shunday taxmin qilishmoqda: Apple avval foydalanishda bo‘lgan akkumulyatorlarni utilizatsiya qilmasdan, balki mutlaqo yangi smartfonlarga joylab sotyapti! Tabiiyki, boshidanoq bunaqa eski batareya bilan chiqarilgan mobil qurilmalar tezroq ishdan chiqadi, natijada ularning akkumulyatorini almashtirishdan esa yana Apple manfaatdor...

Sudga topshirilgan murojaatnomada talab qilinishicha, iPhone va iPad’larning eski akkumulyatorlarini utilizatsiya qilayotganini Apple rad etib bo‘lmas dalillar bilan isbotlashi shart. Agarda sud mazkur yirik yuridik kompaniyaning talabini asosli, deb topsa, u holda «olmali» korporatsiya uni bajarishga majbur bo‘ladi. Faqat mazkur ma’lumotlarni ommaviy e’lon qilishmaydi, faqat Apple chindan ham shu ishni qilgan-qilmaganini ma’lum etib qo‘yishadi.

O‘QING: iPhone X tannarxi hisoblandi: qiymatning 74 foizi Apple’ning foydasi ekan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!