Apple Car elektromobili ham iPhone 13 bilan birga namoyish etiladi!

  •   DiMaX
  •  1133
  •  21.12.2020 16:48

Apple Car elektromobili ham iPhone 13 bilan birga namoyish etiladi!

Kupertinolik gigant o‘zining Apple Car rusumli elektrokarini tayyorlayotgani haqida bir necha yillardan beri gap-so‘zlar yuradi, lekin kompaniya buni sir tutib kelayotir. Insayderlar uning taqdimoti 2023 yilga mo‘ljallanganligini aytishgan.

O‘QING: Yevropada eng xaridorgir elektromobil – Tesla emas...

Tayvandagi nufuzli EconomicDailyNews nashrining yozishicha, Apple kompaniyasi elektromobil loyihasini tezlashtirgan. Anonim manbalarga ko‘ra uni oldin rejalashtirilganidan ikki ilga erta, ya’ni 2021 yilning uchinchi choragidayoq namoyish etishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Apple Car avtomobili uchun butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Tayvandagi kompaniyalar kelasi yilning ikkinchi choragidanoq ommaviy ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Shuningdek, kupertinolik korporatsiya allaqachon Kaliforniya yo‘llarida o‘z mashinasining o‘nlab prototiplarini sinab ko‘rishni boshlagan. Aytish kerakki, Apple o‘zining haydovchisiz avtomobillarining yo‘llardagi sinov ishlari uchun 2017 yiliyoq Kaliforniya hukumatidan ruxsat olgan.

Tayvandagi insayderning so‘zlariga ishonadigan bo‘lsak, Apple o‘z elektrokarini 2021 yilning sentyabrida, iPhone 13 smartfonlari bilan bir vaqtda taqdim etishi ehtimoli yuqori.

O‘QING: O‘zbekistonda Bentley elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkin