Apple’da inqiroz boshlandimi?

  •   Saroy
  •  1340
  •  09.06.2018 11:04

Apple’da inqiroz boshlandimi?

Nikkei agentligining ma’lum qilishicha, Apple ta’minotchi kompaniyalarga 2018 yilda chiqarilishi relashtirilayotgan lineykasi uchun, komponentlarga qariyb, “20 foiz” kam  buyurtma bergan.  Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Ehtimol, Apple ushbu qadami bilan 2017 yilga qaraganda 2018 yilda bozorga smartfon chiqarish bo‘yicha biroz ehtiyotkorroq bo‘layotgandir.

Nikkei agentligining yangi hisobotida aytilishicha, iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X ‘ga  bo‘lgan yalpi buyurtma 100 million donadan oshgandi. Joriy yilda esa,  yangi 5,8-dyuymli iPhone X, 6,5-dyuymli iPhone X Plus va yanada arzon bo‘lgan 6.1-dyuymli JK-displeyli iPhone smartfonlariga kutilayotgan buyurtma 80 million dona atrofida bo‘ladi.

O‘QING: Endi Apple’ning o‘zini o‘g‘irlikda ayblashmoqda!

Shunga o‘xshash fikrlarni birgina Nikkei aytayotgani yo‘q. Deylik, ushbu agentlikning ma’lumoti har doim haqiqiy ahvolni to‘g‘ri tasvirlamasligi mumkin, lekin nima  bo‘lgan taqdirda ham, bunday gap-so‘zlar bozorga juda tez ta’sir ko‘rsatishi turgan gap. Mana isboti: so‘nggi xabarlarga ko‘ra,  Apple aksiyasi 2 foizga arzonlashgan.

Kutilishicha, kuzga kelib kompaniya uchta yangi iPhone’ni bozorga chiqaradi. Ya’ni uchchala model ham sentyabr oyida bir yo‘la namoyish etiladi.

O‘QING: iPhone va iPad’lar uchun 2018 yilning eng zo‘r ilova va o‘yinlari

LCD-iPhone  700 dollar turadi va hozirgi iPhone 8 ning o‘rnini bosa oladi. Ayrim tahlilchilarning ta’kidlashicha, 5,8-dyuymli iPhone X  100 dollarga arzonlashadi (999 dollardan 899 dollarga), Bu degani, endi  6,5-dyuymli iPhone X  Apple’ning eng qimmat smartfoni bo‘ladi deganidir, chunki u ham 999 dollar edi.

Apple iPhone X 64GB

Protsessor: Apple A11 Bionic

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.