Apple’da yana muammo: iPhone smartfonlarida soat to‘xtab qolmoqda

  •   Saroy
  •  700
  •  21.09.2018 13:08

Apple’da yana muammo: iPhone smartfonlarida soat to‘xtab qolmoqda

Apple smartfonining  bir nechta foydalanuvchilari bir yo‘la shikoyat boshlashdi. Shikoyat noodatiy muammo tufayli paydo bo‘lgan. Nima emish: ularning gadjetida soat butunlay to‘xtab qolgan.

Darvoqe, iPhone taxminan bir xil vaqtni ko‘rsatgan: g‘alati raqamda to‘qqizlik va to‘rtlik ko‘rinadi: «9.47» yoki «9.44» va shunday davom etadi.

O‘QING:iPhone XS va XR: Apple’ning yangi flagmanlari Geekbench benchmarkida sinab ko‘rildi.

Bunday muammo hozircha iPhone 7,  6s Plus’larda kuzatilgan va bu iOS 12’gacha yangilanish bilan aslo bog‘liq emas. Qolaversa, ushbu muammoni bartaraf qilish juda oson. Sozlagichga kirib, “sana va vaqt” bo‘limi ochiladi, keyin vaqt belbog‘ini avtomatik tarzda aniqlagich o‘chiriladi va aniq vaqt o‘rnatiladi. Eng ajablanarlisi, bunga Apple’ning soat serveri aybdor bo‘lib chiqdi.

Ayrim foydalanuvchilarga esa omad kulib boqmayapti. Ular  soat to‘xtab qolganidan keyin qurilma doim “osilib” qolayotganidan shikoyat qilishmoqda.

O‘QING:Barchasiga soliqlar sabab: Apple texnikalari qimmatlashmoqda

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.