Apple’dan avval: Huawei simsiz quvvat oladigan quloqchin chiqarmoqda

  •   Saroy
  •  622
  •  20.09.2018 10:19

Apple’dan avval: Huawei simsiz quvvat oladigan quloqchin chiqarmoqda

Huawei butunlay simsiz quloqchinlari ustida ishlarni jadallashtirmoqda, u Apple  bir yil avval namoyish etgan, lekin haligacha savdoga chiqarmagan AirPods quloqchinining muqobili bo‘ladi. Yangi Freebuds 2 Pro quloqchinni oktyabrning o‘rtalarida Mate 20 flagmani bilan birga taqdim etish rejalashtirilgan. Endi esa uning asosiy “yangiligi” haqida ma’lum qilindi. Quloqchin noyob simsiz zaryadkaga ega bo‘ladi.

O‘QING:Sony Xperia Ear Duo’dan yangi quloqchinlar

WinFuture sayti yangi quloqchinning tasvirini e’lon qildi. Qora keys oddiy Qi-zaryadka moslamasidan simsiz quvvat oladi, ikkinchi quloqchin esa to‘g‘ridan to‘g‘ri smartfondan quvvatlanadi! Bitta quvvatlanishdan quloqchin uch soat uzluksiz ishlashi allaqachon ma’lum edi, keys esa qo‘shimcha yana 20 soat ishlashga imkon berishi ham ma’lum bo‘ldi.

Apple simsiz keys va AirPower gilamchasi bilan AirPods quloqchinini bundan bir yil avval namoyish qilgandi, ammo shundan buyon u savdoga chiqarilmadi. Aytishlaricha, uning taqdiri hozircha sir tutilmoqda, shunga qaramay u ham simsiz ekani aytilmoqda. 

 O‘QING:iPhone 7 bilan birga simsiz quloqchinlar ham taqdim qilinishi mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!