Apple eng qimmat MacBook Pro’ni ataylab sekinlashtirayotgani fosh etildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1104
  •  18.07.2018 18:45

Apple eng qimmat MacBook Pro’ni ataylab sekinlashtirayotgani fosh etildi! (+video)

Kupertinolik texnogigant 1 yildan 3 yilgacha ishlatilgan ayfonlarining ishlash samaradorligini ataylabdan pasaytirib qo‘yishi aniqlangangani esingizdadir? Bu mutaxassislar tomonidan tasdiqlangach, Apple chindan ham shunday qilib kelayotganligini tan olishga majbur bo‘lgan.

O‘QING: Geekbench Apple'ning muxlislariga nisbatan xiyonatini fosh qildi

Ammo bu korporatsiya nafaqat smartfonlari, balki boshqa qurilmalarida ham shu kabi hiylalar qilib kelayotgan ekan. Jumladan, Deyv Li ismli YouTube foydalanuvchisi, Intel Core i9 protsessori bazasidagi yangi MacBook Pro modeli maksimal samaradorlik rejimida uzoq vaqt ishlamasligini payqab qolgan.

Uning kuzatuvlariga ko‘ra, noutbuk konstruksiyasi protsessor va videokartani samarali sovitilishiga xalaqit beradi. Natijada ularning takt chastotalari sun’iy tarzda pasayadi. Harorati muayyan bir darajagacha ko‘tarilgach, qurilma endi oddiy samaradorlik rejimida ham yomon ishlay boshlaydi. Oqibatda u tizim resurslarini ko‘proq talab etuvchi dastur (masalan, Adobe Premiere videomuharriri) va o‘yinlarda ham «og‘irlashib» ishlaydi.

Deyv Li bu boradagi da’vosi va xulosalarini tasdiqlovchi videoni ham internetga joylagan:

Ta’kidlash o‘rinliki, 2018 yilgi MacBook Pro modellari kompaniyaning eng qimmat noutbuklaridan hisoblanadi. Masalan, uning 15 dyuymlik ekranga, 6 yadroli Intel Core i9 protsessoriga, Radeon Pro 560X videokartasiga, 32 GBlik tezkor xotira hamda 4 terabaytlik SSD-xotiraga ega modifikatsiyasiga AQShning o‘zida 6 699 dollar narx belgilangan. Endi o‘zingiz o‘ylang: shu qadar qimmat devaysning atayin sekinlashtirib qo‘yilishini qanday baholash mumkin!?

O‘QING: Apple akkumulyatorlar borasida o‘z mijozlarini boplab kelayotgan ekan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.