Apple mobil interfeyslar olamida inqilob tayyorlamoqda! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1931
  •  30.08.2018 12:23

Apple mobil interfeyslar olamida inqilob tayyorlamoqda! (+«jonli» video)

Zamonaviy texnologiyalar borasida yangiliklarni aksariyat hollarda dastlab Apple amalga oshirishidan xabaringiz bor. Boshqa kompaniyalar boshida ularni tanqid qilishadi, ammo keyinchalik o‘zlari ham ergashishadi.

O‘QING: Ilk iPhone'ni raqiblar qanday mayna qilgani va yo‘qlikka ravona bo‘lishgani haqida

Ushbu korporatsiya 2019 yilgi smartfonlari uchun o‘zgacha, betakror interfeys tayyorlayapti ekan. Bu haqda iPhone’larni terish bilan shug‘ullanuvchi manbalarga tayangan holda Janubiy Koreya nashrlari xabar bergan.

Keyingi mish-mishlarga qaraganda, kupertinolik gigant yangi qurilmalarida operatsion tizim bo‘ylab navigatsiyaning o‘zgacha usullarini qo‘llamoqchi. Mutaxassislarning fikricha, 2019 yilgi ayfonlarda tizimni boshqarish uchun kamera oldida qo‘l ishoralarini bajarish kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, koreyalik jurnalistlarning fikricha, Apple 2019 yilgi ayfonlarida qo‘llamoqchi bo‘lgan ushbu texnologiyani Android-smartfon ishlab chiqaruvchilar undan oldin yaratishga shoshilmoqda. Mana, quyidagi videoda bu texnologiyaning qanday ishlashini «jonli» tarzda ko‘rishimiz mumkin:

3D-kameralardan foydalangan holda shu kabi ishoralar yordamida boshqarish tizimi avval faqat maxsus dasturiy ta’minot orqali amalga oshirilgan. Ammo bozordagi birorta yirik smartfonsoz bu texnologiyani o‘z qurilmasiga tatbiq etishga qiziqmagan.

Demak, bu borada ham Apple birinchi bo‘lishi kutilmoqda. Bu boradagi yangiliklarni birga kuzatamiz.

O‘QING: Yuqori texnologiya qurbonlari: robotlar, smartfonlar, videoo‘yinlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!