Apple nega o‘z mutaxassislarini CES 2019’ga «josus tarzida» jo‘natdi?

  •   DiMaX
  •  768
  •  29.01.2019 10:27

Apple nega o‘z mutaxassislarini CES 2019’ga «josus tarzida» jo‘natdi?

Xabaringiz bor – shu oyning boshida Las-Vegas shahrida Consumer Electronics Show 2019 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Kupertinolik korporatsiya unda qatnashmadi, lekin tadbir ishtirokchilarining jig‘iga tegish uchun ajoyib usul qo‘lladi.

O‘QING: Apple reklamani «ilib qo‘ydi»: u CES 2019 qatnashchilarini masxara qilmoqda!

Xorijiy nashrlarning yozishicha, Apple ushbu ko‘rgazmada rasman ishtirok qilmagan bo‘lsa-da, «josus jo‘natgan». Ya’ni, kupertinolik texnogigant xodimlari CES 2019 tadbiriga anonim tarzda, ya’ni qayerda ishlayotganini bildirmasdan, shunchaki qiziquvchi shaxslar ko‘rinishida kirishgan.

Xabarlarga ko‘ra, Apple mutaxassislari ko‘rgazmadagi stendlarni aniq maqsad bilan kezishgan. Ya’ni, ular to‘ldirilgan voqeliq (to‘ldirilgan reallik; augmented reality – AR) texnologiyalari bo‘yicha ishlayotgan kompaniyalarning chiqishlarini kuzatishgan.

Tabiiyki, buning sababi bor – kupertinolik texnogigant o‘zining AR-ko‘zoynagi – Apple Glass ustida ishlamoqda. Kompaniya ushbu garniturasini 2020 yildayoq taqdim etishni rejalashtirgan va hozirda uning uchun to‘lqin uzatgich yetkazib beruvchi hamkor izlamoqda.

Appleinsider resursining yozishicha, ko‘rgazmada Apple xodimlari AR-ko‘zoynaklar uchun to‘lqin uzatgichlar (volnovod; waveguide) ishlab chiqaruvchi DigiLens, Lumus, Vuzix, WaveOptics va boshqa kompaniyalar yechimlarini o‘rganib chiqishgan.

O‘QING: Apple noyob ko‘zoynak va «kelajak avtosi» ustida ishlamoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.