Apple osonlikcha taslim bo'lmaydi

Apple osonlikcha taslim bo'lmaydi

Bir necha kun oldin Yevropa Ittifoqi qonunchilari o'z mamlakatlarida sotiladigan barcha elektron qurilmalar umumiy zaryadlanish porti haqidagi qonunni imzolashgan edi. Unga ko'ra, kompaniyalar 2024-yilning kuz fasliga qadar o'z qurilmalari uchun USB-C portini joriy qilishlari kerak. Ushbu qonun texnokompaniyalar orasida Apple uchun eng ko'p ta'sir o'tkazadi, chunki kupertinolik kompaniya o'zining iPhone smartfonlari uchun hali ham Lighting portlaridan foydalanadi va so'nggi yangiliklarga qaraganda Apple undan osonlikcha voz kechmaydi.

Ma'lum bo'lishicha, Apple'ning iPhone 15 qatoridagi oddiy modellar Lightning porti bilan, Pro modellar esa USB-C porti bilan chiqariladi. Undan keyingi iPhone 16 seriyasidagi smartfonlar esa to'liq USB-C portiga ega bo'ladi. Mish-mishlarga ko'ra, balki, iPhone 16 Pro modellari faqat simsiz zaryadlanish bilan chiqarilishi ham mumkin va bunda o'n oltinchi avlod ayfonlari quvvatlash portisiz chiqarilgan ilk iPhone smartfonlari bo'ladi.

Apple allaqachon o'zining boshqa qurilmalari uchun USB-C portidan foydalanadi va bu turdagi USB qurilmani nafaqat tezkor zaryadlaydi, balki, boshqa qurilmalar bilan ham mos tushishini ta'minlaydi.

USB-C portli Apple smartfoni iPhone 15 bo'ladimi yoki iPhone 16, bu yaqinda orada sodir bo'lmaydi. Bir necha oydan keyin chiqarilishi kutilayotgan iPhone 14 seriyasi haqida gapiradigan bo'lsak, ular katta ehtimol bilan Lightning bilan chiqarilishi aniq.

O'QING: Apple M2 chipi bilan yangi noutbuklarni taqdim qildi!