Apple rahbariga Donald Tramp «yangi familiya tayinladi»! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1267
  •  07.03.2019 18:20

Apple rahbariga Donald Tramp «yangi familiya tayinladi»! (+«jonli» video)

Tim Kuk – nafaqat texnologiyalar, balki biznes sohasida ham eng taniqli figuralardan biridir. Ammo kuni kecha AQSh prezidenti Donald Tramp uning familiyasi borasida «qovun tushirib» qo‘ydi.

O‘QING: Apple’ning «aqlli» yordamchisi Donald Trampni butun dunyoga sharmanda qildi!

Donald Tramp Amerika mehnat resurslari sohasidagi siyosat bo‘yicha maslahat kengashi yig‘ilishida AQSh manfaatlari yo‘lidagi mehnatlari uchun Apple rahbarini maqtagan. Ammo uning ismi-sharifida adashib, «Biz Sizning xizmatlaringizni juda qadrlaymiz, Tim Eppl», – degan.

Mana, ushbu jarayonni quyidagi videoda tomosha qiling:

Tramp o‘tgan yili Apple korporatsiyasini tanqid qilib, ishlab chiqarishni Xitoydan AQShga ko‘chirishga uni majbur etishini aytgandi. Balki, bu galgi «adashish» ham Apple’ga nisbatan ehtiyotkorona ifoda etilgan navbatdagi ogohlantirishdir?

Hozircha Tim Kuk yoki uning korporatsiyasi bu voqeaga biror munosabat bildirmagan.

O‘QING: Putin Trampga sovg‘a qilgan JCh–2018 to‘pining ichidan qanday chip topishdi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.