Apple «suvosti ayfoni» va yana ko‘plab antiqa texnologiyalar tayyorlamoqda!

  •   DiMaX
  •  879
  •  05.03.2019 13:16

Apple «suvosti ayfoni» va yana ko‘plab antiqa texnologiyalar tayyorlamoqda!

Kupertinolik texnogigantning yangi avlod smartfonlari taqdimotiga olti oy vaqt qoldi. Shu va boshqa devayslar haqidagi xabarlar ham ko‘paymoqda.

O‘QING: Apple shoshib qoldi: u allaqachon buklama iPhone uchun Samsung’dan qayishqoq displeylar olyapti!

Insayderlarning kecha tarqatgan xabarlariga ko‘ra, yangi iPhone’lar suv ostida ham ishlash rejimiga ega bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, ekran to‘liq suvga botgan holida ham uning sensori teginishlarni anglab, tegishli buyruqlarni bajara oladigan bo‘ladi.

Bundan tashqari, Apple keyingi modellarida Haptic Engine texnologiyasini yangilashni rejalashtirmoqda. Bu – kompaniya qayta taktil aloqani, masalan – vibratsiyani hosil qilish uchun qo‘llaydigan texnologiyadir. 2019 yilgi iPhone ekrani to‘qqizta hududga bo‘linadi va bu omil teginishlarning aniq anglanishida katta ahamiyatga ega.

Shuningdek, manbaning ma’lum qilishicha, iOS 13 talqinida to‘qrang – tungi rejim mavjud; yana ovozni sozlash interfeysi ham qayta ishlangan – endi u ekranning butun yuzasini band etmaydi. iPhone’larning 5G standartiga ega bo‘lishini bu yil kutmay qo‘yaveramiz, shuningdek, buklama ayfonni ham.

O‘QING: Apple eng innovatsion kompaniyalar reytingida 1-dan 17-o‘ringa tushib ketdi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.