Apple uzoq kutilgan devaysini «qabrdan qaytaryapti»!

  •   DiMaX
  •  906
  •  23.03.2020 14:54

Apple uzoq kutilgan devaysini «qabrdan qaytaryapti»!

Apple kompaniyasi AirPower simsiz zaryadlash stansiyasini ilk bor 2017 yili e’lon qilgan, keyinroq avstraliyaliklar uni «sotib qo‘yishgan» edi. Ammo oxir-oqibatda korporatsiya mazkur mahsulotini chiqarmasligini rasman ma’lum qilgandi.

O‘QING: 2019 yili «rahmatli» bo‘lgan sakkizta texnologiya (+video)

Shunga qaramasdan, mashhur tahlilchi Min-Chi Kuo prognoz qilgan, kupertinolik korporatsiya bu yilning birinchi yarmidayoq chiqaradigan gadjetlar ro‘yxatida simsiz quvvatlovchi gilamcha ham mavjud. Yana bir tahlilchi Jon Prosser (Jon Prosser) esa, Apple o‘sha AirPower loyihasini qayta «tirilgan»ligini e’lon qildi. Uning o‘z manbalariga tayanib aytishicha, kompaniya allaqachon ushbu simsiz quvvatlash stansiyasining prototiplarini ishlab chiqara boshlagan.

Yangi xabarga ko‘ra, Apple muhandislari AirPower korpusidagi silikon materialini ham oq charmga almashtirishgan. Bu esa quvvatlash jarayonida unda yuzaga keladigan issiqlikning tarqatib yuborilishiga hissa qo‘shadi.

Jon Prosser yana bitta sirni ochgan – AirPower loyihasining muzlatilish sababini ham oshkor etgan. Gap shundaki, dastlabki prototiplar Apple Watch smart-soatlarini to‘g‘ri quvvatlay olmagan, shu boisdan Apple simsiz quvvatlash stansiyasi ustidagi ishlarni to‘xtatib qo‘ygan ekan.

O‘QING: Endi Apple mahsulotlari bilan muammo bo‘lmaydi