Apple va Qualcomm yana sudlashdi: mag‘lub 31 million dollarlik jarima to‘laydi!

  •   DiMaX
  •  669
  •  16.03.2019 17:42

Apple va Qualcomm yana sudlashdi: mag‘lub 31 million dollarlik jarima to‘laydi!

Qualcomm arizasiga ko‘ra sudlarda Apple mag‘lub bo‘lib, avval Xitoyda, keyin esa Germaniyada ham iPhone savdosi to‘xtatilgani haqida yozganmiz. Biroq amerikalik chipsoz bu bilan ham to‘xtab qolgani yo‘q.

O‘QING: Qualcomm’ning «ishtahasi ochildi» – u endi iPhone XS, XS Max va iPhone XR savdosini ham to‘xtatmoqchi!

Kupertinolik korporatsiya hamda Qualcomm kompaniyasi orasidagi patent ishi bo‘yicha navbatdagi sud San-Diyego shahrida bo‘lib o‘tdi.

Sud xulosasiga ko‘ra, Apple o‘zining iPhone 7, iPhone 8 hamda iPhone X rusumli qurilmalarida grafikani qayta ishlash hamda akkumulyator quvvatini tejash texnologiyasini qo‘llab, bu bilan Qualcomm patentini buzgan.

Hakamlar aybdor tomonga yirik miqdorda – 31,6 million AQSh dollari hajmida jarima belgilashdi. Ammo hukmda keyingi avlod – iPhone XS va iPhone XR modellari haqida so‘z yuritilmagan.

«Qualcomm va boshqalar ixtiro qilgan texnologiyalar Apple’ning bozorga chiqishiga va tezda muvaffaqiyatlar qozonishiga asos bo‘lgan», – deydi chipsoz kompaniya vakili Don Rozenberg.

Sudning mazkur hukmi e’lon qilingach, Qualcomm aksiyalari birjada 3,5 foizga qimmatlagan, deb yozadi Bloomberg.

O‘QING: Apple eng innovatsion kompaniyalar reytingida 1-dan 17-o‘ringa tushib ketdi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!