Apple Watch ham endi kamera va Face ID’ga ega bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  950
  •  02.04.2018 13:54

Apple Watch ham endi kamera va Face ID’ga ega bo‘ladi

Keyingi yillarda taqiluvchi devayslar sanoati ham, bozori ham yaxshi rivojlanmoqda. Ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining «aqlli» soat va bilaguzuklariga turli yangi texnologiyalarni joriy etishayotgani ham ijobiy holat.

O‘QING: Qaynonasini o‘ldirgan kelinni Apple Watch fosh etdi

Apple korporatsiyasi o‘zining smart-soati – Apple Watch uchun yangicha dizaynga patent oldi. Endi bu «aqlli» soatlar «ko‘zli» ham bo‘ladi, ya’ni ularga kamera hamda egasining yuzini tanib blokirovkani ochuvchi Face ID tizimi joriy etiladi.

Aslida, Apple Watch’larga kamera o‘rnatilishi haqida mish-mishlar o‘tgan yilning oktyabr oyidanoq tarqala boshlagan edi. Biroq bu haqda rasmiy xabar yo‘q edi, endi esa bu texnologiyaga oid patent hujjatlari ham oshkor bo‘ldi.

Shunda ham «tishlangan olmali» korporatsiya Face ID haqida aniq ma’lumot bermagan. U kamerani ham «yaqinidagi ob’yektlarni suratga olishi mumkin bo‘lgan sensor» tarzida tavsiflamoqda. Ular orasida QR-kod hamda shtrixkodlarni o‘qiy olish funksiyasi ham bor.

O‘QING: Apple Watch’dan uch karra arzon, 45 kun avtonom ishlaydigan smart-soat taqdim etildi

Shuningdek, patent arizasida «aqlli» soat egasini suratga olishi ham mumkinligi eslab o‘tilgan. Aftidan, muhandislar bu o‘rinda Face ID yuzni tanib olish tizimini nazarda tutishmoqda. U esa smart-soatni qulfdan chiqarish hamda Apple Pay orqali xaridlarni amalga oshirishda to‘lov qilishda qo‘llanadi.

Tabiiyki, bu yerda iPhone X’dagi kabi to‘laqonli TrueDepth kamerasini kutish noo‘rin. Dastlab Apple Watch’larga ixcham va kam funksiyali kamera o‘rnatiladi. Ehtimol, kelajakda – keyingi avlod «aqlli» soatlarda u displey ostiga o‘rnatilishi hamda vaqti kelib, hozirgi smartfon va kompyuterlardagi old kameralar darajasiga o‘sib chiqishi mumkin. Bu esa kupertinolik gigantning smart-soatlariga sifatli fotosuratlar tushirish imkonini beradi.

Xabarga ko‘ra, patent arizasi 2017 yilning uchinchi choragida berilgan ekan. Tabiiyki, Apple Watch’larga kameralar joriy etilishining aniq sanasi hozircha ma’lum emas.

O‘QING: Eng qimmat Apple Watch ham uddalay olmagan ishga qodir Haier Asu smart-soati taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!