Apple Watch uchun yangilangan zaryadka: USB Type-C tirqishi ham bor

  •   Saroy
  •  620
  •  22.10.2018 13:13

Apple Watch uchun yangilangan zaryadka: USB Type-C tirqishi ham bor

Apple kompaniyasi o‘zining qurilmalarini USB Type-C  portiga o‘tkazishda davom etmoqda va  shu sababli Apple Watch aqlli soatlari uchun quvvatlantirish qurilmasini yangiladi.

Bu kompaniyaning magnitli zaryadkasi bo‘lib, endi  USB Type-C bilan. Uni zamonaviy  ana shunday portlari bor bo‘lgan MacBook modeliga va boshqa noutbuklarga ulasa ham bo‘ladi. Ehtimol, ularning qatoriga iPad Pro planshetlari ham qo‘shiladi. Ularning taqdimoti 30 oktyabrga mo‘ljallanmoqda.

O‘QING:iPhone Xs Max – eng yangi, tezkor, katta va… qimmat ayfon bilan batafsil tanishamiz!

To‘g‘risi aytganda, zaryadkaning uzunligi atigi 0,3 metr keladi, garchi eski versiyalarida bir metr va ikki metrlilari ham bo‘lardi.

Yangi aksessuarlari allaqachon Apple Store’da sotila boshladi. Narxi 29 dollar.

O‘QING:iPhone va iPad simsiz quvvatlagichga ega bo‘ladi