Apple xasisligi uchun malomatga qoldi: «Ayfon bersa, asakasi ketarmidi!?.»

  •   DiMaX
  •  1296
  •  25.01.2019 15:50

Apple xasisligi uchun malomatga qoldi: «Ayfon bersa, asakasi ketarmidi!?.»

Kupertinolik korporatsiya kuni kecha butun dunyo bo‘ylab iPhone egalari uchun fototanlov e’lon qilgan. Unda istalgan rusumdagi ayfonda olingan chiroyli suratni #ShotOniPhone heshtegi bilan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilganlar qatnashadi.

O‘QING: iPhone’ingiz bormi? Marhamat – Apple tanlovida qatnashing!

Ushbu tanlov g‘oliblarining suratlari muallifining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntiga havola ko‘rsatilgan holda, butun dunyo bo‘ylab reklama bannerlarida qo‘llanadi. Bor-yo‘g‘i shu, tanlovda yutganlarga na pul mukofoti, na boshqa biror turdagi rag‘batlantirish ko‘zda tutilmagan.

Ayni shu sababli ham mazkur fototanlovni ko‘pchilik tanqid qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi Apple hamjamiyatlarida, turli forumlarda korporatsiyani ko‘pchilik malomat qilmoqda. O‘zi atigi o‘n nafargina g‘olib bo‘ladi, ularga loaqal bittadan sovrin, masalan – yangi rusumdagi iPhone bersa bo‘lardi, deyishmoqda norozi bo‘lganlar.

Lekin masalaning boshqa tomoni ham borki, ko‘pchilik buni anglab yetmayapti, deyishmoqda mutaxassislar. Agarda yutuq sifatida qimmatbaho sovrinlar yoki pul mukofoti qo‘yilsa, bu tanlovga professional suratkashlar ko‘proq qatnashishardi. Tabiiyki, ular havaskorlardan ancha yaxshi suratga ola bilishadi; natijada oddiy ishtirokchilar chetda qolib ketardi. Apple esa mazkur tanlovida aynan oddiy iPhone egalarining ishtirokini ta’minlash uchun shunday yo‘l tutgan.

O‘QING: Dunyoning eng qimmat brendlari e’lon qilindi: Apple kuchli uchlikda, lekin yetakchi boshqa!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.