Apple’dan 13 yil avval kim smartfon yaratgandi?

  •   DiMaX
  •  785
  •  23.12.2020 16:08

Apple’dan 13 yil avval kim smartfon yaratgandi?

Hozirgi smartfonlar davrining boshlanishini odatda Apple korporatsiyasining birinchi iPhone qurilmasi bilan bog‘lashadi. Lekin IBM kompaniyasi birinchi smartfonini undan 13 yil oldin ishlab chiqqan, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: Ortga nazar: Kutilmagan brendlardan noodatiy telefonlar (2-qism)

Yumshoq disklar davrida Simon rusumli bu telefon 16 MGs.li protsessor, 1 megabaytlik tezkor xotira va 160x293 piksellik displey bilan maqtansa bo‘lardi.

To‘g‘ri, $1090 lik osmono‘par narxi tufayli Simon’ning savdosi kasod bo‘lgan. Biroq, IBM uchun zarar keltirgan bo‘lsa-da, ushbu protosmartfon raqamli texnologiyalarda yangi inqilobning boshlanish nuqtasi bo‘lgan.

39 yoshli Stiv Jobs o‘shanda bu g‘oyani munosib baholab, kezi kelganda ishlatish uchun yon daftariga yozib qo‘ygan bo‘lsa, ajabmas.

O‘QING: IT faktlar: siz bularni bilasizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!