AQSh maxsus xizmatlari: «Apple qotillarga yordam beryapti!»

  •   DiMaX
  •  865
  •  16.06.2018 18:22

AQSh maxsus xizmatlari: «Apple qotillarga yordam beryapti!»

Kupertinolik gigant o‘zining mobil qurilmalarida xavfsizlikka kuchli e’tibor berishini bilamiz. Ammo ayni shu jihat – gadjetning kuchli himoyalanganligi ayrim hollarda jamiyat zarariga ishlashi ham mumkin.

O‘QING: FQB terrorchining iPhone tizimini buzishga qancha sarflagani aytildi

Jumladan, AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB – FBR) ham, jinoyatchilar va gumondorlarning iPhone’larini qulfdan chiqarib bermayotgani uchun Apple’ga ta’na qilib keladi. Bu bilan mazkur idora «olmali» kompaniyani qotillarga hamkorlik qilishda ham ayblamoqda.

Jumladan, FQBning kiberjinoyatlar bo‘linmasi rahbari Aristides Maxayras kuni kecha Apple’ni shunday ayblagan. U qotillikda gumon qilinayotganlarning smartfonlarini blokirovkadan chiqarishga Apple ruxsat bermayotganidan afsusda ekanini aytgan. Maxayrasning so‘zlariga ko‘ra, har bir gadjet ortida kamida bittadan qurbon turgan bo‘lishi mumkin, bu qotilliklarni ochishga esa korporatsiya xalaqit bermoqda.

Aytish kerakki, kupertinolik gigantning smartfonlari himoyasini buza olganini da’vo qiluvchilar ham mavjud. Ular ushbu xizmatni katta haq evaziga taqdim etishlarini aytishgan.

O‘QING: Apple sobiq muhandislari iPhone himoyasini buzuvchi gadjet taqdim etishdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!