AQSh va Xitoy yarashishyapti: boj joriy qilinmaydi, Huawei afv etiladi, ammo...

  •   DiMaX
  •  1993
  •  29.06.2019 16:52

AQSh va Xitoy yarashishyapti: boj joriy qilinmaydi, Huawei afv etiladi, ammo...

Yaponiyaning Osaka shahrida 28–29 iyun kunlari «Katta yigirmatalik» (G20) sammiti bo‘lib o‘tmoqda. U yerdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp hamda Hitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin o‘zaro muzokara o‘tkazishgan va yarashishga kelishib olishgan.

O‘QING: Apple xavf tug‘ilishi bilan Xitoydan «juftakni rostlash»ga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ydi

Ikki mamlakat yetakchisi o‘zaro ziddiyatni to‘xtatishga va savdo aloqalarini davom ettirishga kelishib olishdi. Lekin manbalarning yozishicha, bu yarashuv holati vaqtinchalik bo‘lib, yarim yilcha davom etishi mumkin.

Nima bo‘lganda ham, Tramp va’da bergan: Xitoydan olib kelinadigan tovarlarga AQShda endi yangi savdo bojlari joriy etmaydi. Biroq shu paytgacha amalga kiritilgan bojlar ham bekor qilinmaydi. Uning ta’kidlashicha, Amerika Xitoy bilan halol savdo bitimlarini tuzishga tayyor va ushbu uchrashuv tarixga kiradi.

Endi har ikki mamlakat savdo-iqtisodiy maslahatlashuv ishlarini yangilaydi. Aniq masalalar esa ikki tomonning savdo-iqtisodiyot delegatsiyalari uchrashuvida tartibga solinadi.

Donald Tramp endi Amerika kompaniyalarining Huawei bilan hamkorlik qilishlariga ruxsat berishini aytgan. Endi ular xitoylik texnogigantga texnologiyalarini va gadjetlar uchun butlovchi qismlarni sotishlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Huawei’ni Android’dan mahrum etsa, Google o‘zi nimalarni yo‘qotadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.