AQShda dunyodagi eng qudratli superkompyuter yaratildi

  •   Saroy
  •  1911
  •  11.06.2018 16:56

AQShda dunyodagi eng qudratli superkompyuter yaratildi

AQSh energetika vazirligi qoshidagi milliy laboratoriya muhandislari ma’lum qilishicha, ular tomonidan dunyodagi eng qudratli super kompyuter yaratildi. Bu haqda MIT Technology Review nashri ma’lum qilgan.

O‘QING: Jahonning eng kuchli kompyuteri Xitoyda yaratildi

Nashrning yozishicha, Summit deb nom berilgan amerika mashinasining ish samaradorligi 200 petaflopsgacha bo‘lib, soniyada  200 milliard operatsiyani bajaradi.   Taqqoslaydigan bo‘lsak: yangi mashinaning bir zumda amalga oshirgan ishiga teng ish qilish uchun butun yer yuzida 305 kun davomida har soniyada operatsiya o‘tkazish kerak bo‘ladi.

O‘QING: Amerika xitoylik IT-gigantlardan biriga sanksiya qo‘lladi

Summit’ning e’lon qilingan ish samarasi bundan oldin Xitoyda ishlab chiqarilgan, dunyoda eng qudratli superkompyuter  Sunway TaihuLight (93 petaflops)dan ikki marotaba ortiq. 

Olimlar yangi superqurilmadan genlar va saraton kasalliklari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hamda giyohvand moddalarga qaramlikning kelib chiqishini o‘rganishda foydalanishni  rejalashtirmoqda. Shuningdek, yangi superkompyuter iqlimni modellashtirishda ham foydasi tegishi mumkin, natijada ob-hava bashoratining aniqligi  yanada oshadi.

Nashrning yozishicha, butun dunyoda superkompyuterlardan ham tadqiqotlar olib borish uchun, ham yangi qurollar ishlab chiqarish uchun foydalanishadi. «Agar eng qudratli superkompyuter AQShda bo‘lsa, demak amerikalik tadqiqotchilar  hamda qurolli kuchlari qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi», — deb yozadi ushbu nashrlik.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!