Arzon smartfonlar qiroli endi Xiaomi emas – 95 dollarlik Realme C1’ni qarshi oling! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  4986
  •  27.09.2018 18:27

Arzon smartfonlar qiroli endi Xiaomi emas – 95 dollarlik Realme C1’ni qarshi oling! (+«jonli» video)

Xiaomi korporatsiyasining Redmi turkumidagi smartfonlari o‘zining hamyonbopligi sababli ko‘plab mamlakatlar bozorlarni zabt etayotganidan xabaringiz bor. Ammo Oppo kompaniyasi aynan u bilan raqobatlashish uchun RealMe brendini tashkil etgan va u ham asta-sekinlik bilan ommalashib borayotir.

O‘QING: Yilning yurtimizdagi eng arzon yaxshi smartfonlari (2018 yil, iyun)

 Oppo mazkur brend ostidagi eng arzon smartfon – RealMe C1 modelini taqdim etdi. Smartfon korpusining orqa paneli shishadan ishlangan, unda ikkita SIM-karta va MicroSD xotira kartasi uchun alohida uyachalar mavjud.

RealMe C1’da daktiloskopik datchik ko‘zda tutilmagan, ammo «sun’iy ong»li old kamerasida foydalanuvchining yuzini tanish orqali qurilmani qulfdan chiqarish funksiyasi mavjud. Shuningdek, ekranining hozirda urfga kirgan «kemtik»li dizaynda ekanini ham ta’kidlab o‘tish o‘rinli.

RealMe C1 smartfonining texnik xususiyatlariga nazar solamiz:

Ekran: 6.2 dyuymlik IPS, 1520x720 pikselli;

Protsessor: Qualcomm Snapdragon 450;

Grafik tezlatgich: Qualcomm Adreno 506;

Xotira: tezkor – 2 GB, doimiy – 16 GB (+256 GB.gacha MicroSD);

Asosiy kamera: qo‘shaloq – 13 MP + 2 MP;

Old kamera: 5 MP;

Operatsion tizim: ColorOS 5.2;

Akkumulyator: 4230 mA/soat.

O‘QING: Samsung eng arzon smartfonini chiqaryapti, unda Wi-Fi, Bluetooth va 4G LTE ham bor!

Mana, mazkur smartfonni «jonli» videolavhada birga tomosha qilamiz:

RealMe C1 smartfonining savdosi Hindistonda 11 oktyabr kuni boshlanadi va unga 95 AQSh dollariga teng narx belgilangan. Bu gadjetning boshqa mamlakatlar bozoriga chiqishi, jumladan, O‘zbekistonga yetib kelishi haqida ham hozircha ma’lumot yo‘q. Ammo uning asosiy raqobatchisi bo‘lmish «xitoycha Apple»ning bir qator hamyonbop smartfonlarini, shuningdek, «Tezkorlik ustasi» deya tavsiflanuvchi arzon flagmani – Pocophone F1 modelini ham internet-do‘konimizdan onlayn xarid qilishingiz mumkin. Ularning barchasiga bir yillik muddatli rasmiy kafolatga ega ekanligi, onlayn tarzda buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish imkoniyatlari hamda O‘zbekiston bo‘yicha bepul eltib berilishi sizga ma’qul keladi.

O‘QING: Terashop.uz’dagi 1 500 000 so‘mgacha narxli Xiaomi smartfonlari (2018 yil 19 sentyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!